Barcha iPhone 15 modellari ingichka va simmetrik ekran ramkalariga ega bo‘ladi. Bundan tashqari yangi Apple smartfonlarida Dynamic Island funksiyasi bo‘lishi kutilmoqda.
Tahlilchi Ross Yang 2022-yildayoq iPhone 14 Pro va iPhone 14 Max da paydo bo‘lgan interaktiv “orolcha” barcha iPhone 15 modellarida qo‘llanilishini aytgandi. Tarmoqlardagi yangi rasm bu ma’lumotlarni yana bir bor tasdiqlaydi.
Smartfon “oynasi”ga qaraganda, Pro Max modellari asosiy iPhone 15 modeliga qaraganda bir oz yupqaroq ramkalarga ega bo‘ladi. Apple flagmanining ramkasi aylana bo‘ylab atigi 1,55 mm kenglikda bo‘ladi — bu bozordagi barcha smartfonlar orasida rekorddir. Hozircha rekord Xiaomi 13 uchun 1,81 millimetrni tashkil qiladi.
iPhone 15 Pro va 15 Pro Max yangi Apple A17 Bionic protsessorida ishlashi allaqachon tasdiqlangan, oddiy versiyalari esa o‘tgan yilgi, ammo kuchli A16 Bionic ni o‘z ichiga oladi. Operativ xotira hajmi 6 dan 8 gigabaytgacha oshadi.
Barcha Apple smartfonlarida batareya quvvati oshishi kutilmoqda. 2023-yilgi iPhone lar ham USB-C ulagichi bilan birga chiqadi. ilgari hech qachon Apple smartfonlarida bunday bo‘lmagan.
Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida bir nechta manbalar bu tarixdagi eng qimmat iPhone bo‘lishini ta’kidlagan. Xususan, Pro modellari 200 dollarga qimmatlashishi mumkin. Narxning bunday keskin o‘zgarishi oxirgi marta 2017-yilda bo‘lib, o‘shanda iPhone X 999 dollarga taqdim etilgandi. iPhone 15 liniyasi taqdimotiga ikki oydan kamroq vaqt qoldi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring