21:21 / 11.09.2023
186

iPhone 15 taqdimot sanasi, xarakteristikasi va narxi ma’lum qilindi

iPhone 15 taqdimot sanasi, xarakteristikasi va narxi ma’lum qilindi

Foto: Google Images 

Ertaga 12 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtatida Apple kompaniyasi yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadi.

Shubhasiz, taqdimotning eng yorqin jihati, albatta, iPhone 15 bo‘lishi kutilmoqda.

Xarakteristika

Yangi iPhone'ning asosiy yangiligi Lightning ulagichidan USB-C portiga o‘tish bo‘ladi. Shuningdek, mutlaqo yangi Ultra modeli ham bo‘lishi haqida gap-so‘zlar bo‘lgandi. Ammo insayderlarning xabariga ko‘ra, bu model taqdimoti 2024 yilga qoldirilgan. Ultra modeli ultrazoom linzasini olishi va tarixdagi eng qimmat iPhone bo‘lishi ma’lum qilingan.

iPhone 15 ning Pro modellari rekord darajada katta xotiraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, ushbu model 2 TB maksimal xotira bilan taqdim etilishi mumkin.

Narxi

Odatda Apple smartfonlari narxi tez-tez o‘zgarmaydi. O‘tgan yili iPhone 14 chiqqanda ham shunday holat sodir bo‘lgandi. iPhone 15 modeli 799 dollardan va 899 dollargacha (iPhone Plus) bo‘lishi kutilmoqda. iPhone Pro va iPhone Pro Max mos ravishda 999 va 1099 dollardan sotilishi aytilmoqda.

iPhone 15 Ultra'ning narxini oldindan aytish qiyinligi ta’kidlanmoqda. Chunki ushbu turdagi smartfon ilgari sotilmagan, shuning uchun uning narxi haqida faqat taxmin qilish mumkin. Bu model tarixdagi eng qimmati bo‘lishini inobatga oladigan bo‘lsak, iPhone 15 dan kamida ikki baravar qimmat bo‘lishi mumkin.

Boshqa yangiliklar sifatida ikkinchi avlod Watch Series 9 va Watch Ultra aqlli soatlari bo‘lishi aytilmoqda. Budjetli Watch SЕ 3 keyingi yil kuzda chiqariladi. Apple'ning yangi taqdimoti  12 sentyabr kuni oldindan yozib olingan onlayn translyatsiya formatida bo‘lib o‘tadi.

Taqdimot sanasi

iPhone 15 taqdimoti 12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 15 taqdimot sanasi, xarakteristikasi va narxi ma’lum qilindi