21:27 / 05.02.2024
123

Kanadalik bloger uchar soyabon ixtiro qildi (video)

Kanadalik bloger uchar soyabon ixtiro qildi (video)
Foto: Hi-tech.mail.ru
I Build Stuff YouTube kanali muallifi noodatiy soyabon ixtiro qildi. Uning tutqichi yo‘qligini va foydalanuvchining ortidan uchishini ko‘rish mumkin.

Uchar soyabonni yasash uchun blogerga oddiy soyabon, parvozni boshqarish qurilmasi, GPS moduli, payvandlash uchun moslama, metall trubalar, motor va masofadan boshqarish pulti kerak bo‘lgan.

Bloger dron korpusini 3D-printerda chop etib, tayyor soyabon korpusiga motorni joylashtirgan. Natijada pult yordamida boshqariladigan kvadrokopter soyabon tayyor bo‘lgan.

Foto: Hi-tech.mail.ru
Taqdim etilgan prototip faqat odamning buyrug‘i bilan uchadi. Soyabon foydalanuvchini o‘zi mustaqil ravishda nazorat qila olmaydi, lekin muhandis allaqachon ikkinchi versiyani tayyorlashni boshlab yuborgan. Unda foydalanuvchining boshini kuzatib turadigan va soyabonni aniq boshqaradigan maxsus sensorlar bo‘ladi.

Bloger hozircha mo‘jizaviy qurilmani yasash uchun qancha pul sarflaganini aytmagan. Agar tajribalar yaxshi o‘tsa, bloger o‘z ixtirosini kraudfanding platformalarida targ‘ib etishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, qurilma ikkita muhim kamchilikka ega. Birinchisi, bunday soyabonni do‘konga yoki transportga kirish uchun yig‘ib bo‘lmaydi. Ikkinchisi, kuchli shamolga bardoshliligi noma’lum.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kanadalik bloger uchar soyabon ixtiro qildi (video)