Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi 2024 yilda eng koʻp sotilgan smartfonlar reytingini taqdim etdi. iPhone 15 oʻtgan yilgi iPhone 14 ning muvaffaqiyatini takrorlab, joriy yilgi reytingda yana birinchi oʻrinni egalladi. iPhone 15 ning asosiy bozorlari AQSh va Xitoyda boʻlib, ushbu davlatlar yillik sotuvlarning deyarli yarmini tashkil qiladi.
Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni iPhone 15 Pro Max va iPhone 15 Pro egalladi. Mijozlarning yuqori sifatli smartfonlarga boʻlgan qiziqishi ortib borishi bilan iPhonening asosiy versiyasi va Pro modellari oʻrtasidagi sotuv farqi asta-sekin qisqarmoqda. E'tiborli jihati shundaki, uchinchi chorakda ilk bor iPhone umumiy sotuvining yarmi aynan Pro versiyalari hisobiga toʻgʻri keldi. Ushbu oʻzgarish Applega qimmatroq qurilmalarni sotishni ragʻbatlantirishga yordam beradi, deydi ekspertlar.
Samsung top-10 talik reytingida toʻrtta oʻrinni egallab, yuqori mavqeyini saqlab qoldi. Galaxy A15 5G smartfoni dunyodagi eng koʻp sotilgan toʻrtinchi smartfon boʻldi. Ushbu model, ayniqsa, Shimoliy Amerikada yaxshi ishladi va jami sotuvlarning 20 foizini tashkil etdi.
Foto: Counterpoint Research
Galaxy A15 ning 4G versiyasi ham 5G hali rivojlanmagan hududlarda mashhur boʻlib, kuchli oʻntalikka kirdi. Bundan tashqari, 2018 yildan beri birinchi marta Galaxy S seriyasi yuqori oʻntalikka kirdi. Galaxy S24 seriyasining sotuvlari asosan GenAI imkoniyatlariga qaratilgan kuchli marketing tufayli oshdi. Uning mashhurligi sun'iy intellekt texnologiyalarini, jumladan, aqlli qidiruv, ovozli xabarlarni avtomatik tarjima qilish va matnni qayta ishlashning yaxshilangan funktsiyalarini joriy etish bilan bogʻliq boʻldi.
Kuchli oʻntalikka iPhone 16 liniyasining ikkita versiyasi ham kirdi, ammo Pro Max oʻzining yangilangan texnik xususiyatlariga qaramay, sotuvlar boʻyicha avvalgi modellardan oʻzib keta olmadi. Oddiy Pro versiyasi esa toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
2024 yil flagman bozori uchun katta oʻzgarishlarga boy boʻldi. Ilk marta eng koʻp sotilgan smartfonlarning yarmidan koʻpi sun'iy intellekt bilan jihozlandi. Mutaxassislar 2025 yilda eng koʻp sotiladigan modellar orasida sun'iy intellekt qurilmalari soni oshishini kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar