Avval Ad Blocker haqida ma’lumot: bu nom internetda reklamalarni ko‘rinmaydigan qiladigan dasturlar uchun ishlatiladi, ya’ni ular saytlarda reklamalarni bloklaydi.
Facebook esa bir necha oydan buyon shunaqa dasturlarni o‘z saytida bloklash bilan shug‘ullanayotgan edi. Buning natijasida Facebook’ning veb versiyasida ko‘pchilikning Ad Blocker dasturlari ishlamay qolgan va ularga reklamalar ko‘rsatilgan. Bu esa kompaniya daromadlarining oshishiga xizmat qilmoqda.
Bu haqda Facebook’ning moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Devid Veyner (David Wehner) ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ad Blocker’larni bloklash Facebook’ning veb versiyadagi reklamadan daromadini 18 foizga oshirgan.
Hozirda ham kompaniya muhandis va dasturchilari Ad Blocker’larga qarshi kurashishda davom etishmoqda va ustun kelishmoqda. Umuman olganda biror xizmatdan tekin foydalanilsa, reklamalarga ham chidash kerak, shunday emasmi? “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»