Ma’lumki, Apple kompaniyasining deyarli barcha qurilmalari Xitoyda ishlab chiqariladi. Aniqrog‘i, “Olma” qurilmalari Foxconn va Pegatron firmalari tomonidan tayyorlanadi. Biroq AQShda prezident o‘zgarishi munosabati bilan ayni paytda bir qator amerikalik brendlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashni AQShga ko‘chirish masalasini o‘ylab ko‘rishmoqda. Bunga sabab amerikalik ishbilarmonlarning davlatga etarli miqdorda soliq to‘lamayotganidir. Eng qizig‘i, yangi hukumat Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 45%lik boj joriy qilishni ham rejalashtirgan. Terabayt.uz yozishicha, shu maqsadda Apple ham Tayvanning yuqorida nomi kelgan ikki yirik kompaniyasidan iPhone’larni AQShda ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Hozircha Tayvanning Foxconn va Pegatron firmalari bu borada Apple’ga hech qanday javob bermadi. Biroq ular rozi bo‘lgan taqdirda ham, kelajakda Apple qurilmalarining narxi AQSh hududida tayyorlangani bois ikki baravarga oshishi mumkin. Bunday holat na ishlab chiqaruvchi va na mijozga xush keladi. Voqealar rivojini kuzatamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Agarda iPhone AQSHda yigʻiladigan boʻlsa necha pulga tushishi hisoblab chiqildi

«Apple» Xitoyda «iPhone» ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Apple eng qimmat iPhone’ni chiqarmoqchi

«Malika» savdo markazida iPhone narxlari (2017 yil 5 fevral)

Apple iPhone7 cmartfonlarini ishlab chiqarishni boshladi

Foxconn va Pegatron yangi avlod iPhone smartfonlarini ishlab chiqarishni boshladi