YouTube Music ichida reklama banneri? Eslatma: bu endi rasman bor!

1 daqiqa o'qish359
YouTube Music ichida reklama banneri? Eslatma: bu endi rasman bor!
YouTube Music ilova orqali musiqa tinglash paytida ham endi reklama chiqishi mumkin. Reddit foydalanuvchilari kuzatishicha, Google'ning musiqiy servisida trek oynasi ichida bevosita reklama bannerlari paydo bo‘la boshladi.

Rasmda ko‘rinishicha, Pink Floyd'ning “At Pompeii” albomi tinglanayotgan vaqtda audiotrek pleyeri interfeysida banner shaklida reklama joylashtirilgan. Reklama — “Get 70% Off” deb nomlangan, va u Google'ga qarashli bo‘lmagan, uchinchi tomon (getryoko.com) veb-saytiga yo‘naltiriladi. Ya’ni, reklama kontenti tinglanayotgan musiqa bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

Ajablanarlisi shundaki, Google hozircha bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumot e’lon qilgani yo‘q. Ilovaning so‘nggi yangilanishlar jurnalida ham bu funksiya haqida biror narsa qayd etilmagan. Ayni paytda foydalanuvchilar ushbu funksiyani asta-sekin joriy etilayotgan A/B test deb taxmin qilmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu reklamalardan xalos bo‘lishning yagona yo‘li — YouTube Premium obunasiga o‘tish. Faqat shundagina interfeysdagi reklama bannerlari yo‘qoladi va musiqani chalg‘ituvchi vizual elementlarsiz tinglash imkoni yaratiladi.

Google'ning bu qadami foydalanuvchilar orasida turli fikrlar uyg‘otmoqda. Ayrimlar bundan norozi bo‘layotgan bo‘lsa, boshqalar buni tabiiy jarayon — reklama asosidagi biznes modeli deb baholamoqda.

Zamin.uz tahririyati musiqa muhitidagi barcha o‘zgarish va innovatsiyalardan xabardor bo‘lib turishda davom etadi. YouTube Music foydalanuvchisi sifatida siz ham bu o‘zgarishga qanday munosabatdasiz?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?