Warner Music Group sunʻiy intellekt sohasidagi Sureel AI startapini sotib oldi

1 daqiqa o'qish139
Warner Music Group sunʻiy intellekt sohasidagi Sureel AI startapini sotib oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Warner Music Group mualliflik huquqini himoya qilishga ixtisoslashgan Sureel AI startapini sotib olganini e'lon qildi.
  • 2022-yilda asos solingan bu startap qo'shiqlar uchun "AI DNA" yaratib, sun'iy intellekt modellarining ulardan qanday foydalanayotganini kuzatish imkonini beruvchi patentlangan texnologiyaga ega.

Warner Music Group (WMG) chorshanba kuni mualliflik huquqini himoya qilishga ixtisoslashgan Sureel AI startapini sotib olganini eʻlon qildi. Sureel kompaniyasining patentlangan texnologiyasi qoʻshiqlar uchun oʻziga xos “AI DNA” yaratadi va ularni tarkibiy qismlarga ajratib, sunʻiy intellekt modellari ushbu elementlardan qanday foydalanayotganini kuzatish imkonini beradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Ushbu xarid orqali WMG oʻz ijodkorlari va bastakorlarining asarlari AI tomonidan yaratilgan kontentda yoki modellarni oʻqitishda qachon ishlatilishini aniqroq nazorat qilishni maqsad qilgan. WMG bosh ijrochi direktori Robert Kyncl taʻkidlashicha, Sureelʻning qoʻshilishi ijodiy hamjamiyatning intellektual mulki, ismi, qiyofasi va ovozi ustidan nazoratni hamda monetizatsiya imkoniyatlarini kuchaytiradi.

2022-yilda asos solingan Sureel AI nafaqat audit va muvofiqlik hisobotlarini taqdim etadi, balki ovoz klonlari va AI-avatar kabi holatlarda ijodkorlarning shaxsiy identifikatsiyasini himoya qiluvchi maxsus vositalarga ham ega. Startap mustaqil platforma sifatida faoliyatini davom ettiradi va butun musiqa hamda AI ekotizimiga xizmat koʻrsatadi.

Qiziqarli jihati shundaki, Warner Music Group dastlab AI startaplariga qarshi chiqqan edi. Xususan, kompaniya 2024-yilda Suno startapini sudga bergan, biroq keyinchalik ular bilan litsenziyalash shartnomasini imzolagan. Shuningdek, WMG oʻtgan yili Udio startapi bilan ham kelishuvga erishgan edi.

Hozirda Sony Music Entertainment va Universal Music Group kabi boshqa yirik leyblar hali ham AI musiqa startaplariga qarshi mualliflik huquqi buzilishi boʻyicha yirik daʻvolarni davom ettirmoqda. WMG esa bu borada hamkorlik va texnologik nazorat yoʻlini tanlagan koʻrinadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?