date

Telegram bosh direktori 100 dan ortiq farzandlariga boyligini vasiyat qilmoqchi

Telegram bosh direktori 100 dan ortiq farzandlariga boyligini vasiyat qilmoqchi
Telegram messenjer ilovasi asoschisi Pavel Durov o‘zining 13.9 milliard dollarlik (10.3 milliard funt sterling) boyligini ota bo‘lgan 100 dan ortiq farzandlariga meros qilib qoldirishini aytdi.

"Ular mening farzandlarim va ularning hammasi teng huquqlarga ega bo‘ladi! Men o‘lgach, ular o‘zaro tortishib ketishlarini istamayman," dedi Durov Fransiyaning Le Point siyosiy jurnaliga bergan intervyusida.

Durov o‘zi rasmiy ravishda uchta turli ayollaridan olti farzandning otasi ekanini aytdi. Uning aytishicha, 15 yil avval do‘stiga yordam berish uchun urug‘ini topshirgan klinika, unga hozirgacha 12 mamlakatda ECO yo‘li bilan yuzdan ortiq bola dunyoga kelganini bildirgan.

Shuningdek, u Fransiyada o‘ziga qo‘yilgan jiddiy jinoiy ayblovlarga aloqadorligini inkor etdi.

Fransiyada o‘zini surgunda deb hisoblaydigan Rossiyalik texnologiya milliarderi Durov farzandlari 30 yil davomida merosga qo‘l yetkaza olmasligini aytdi.

"Men ularning oddiy odamlar kabi yashashini, o‘z yo‘lini o‘zi topishini, o‘ziga ishona olishini, ijod qilishni o‘rganishini xohlayman – bank hisob raqamiga bog‘liq bo‘lib yashashmasin," dedi u.
40 yoshli Durov vasiyat yozishiga ishining xavfli ekani sabab bo‘lganini aytdi:
"Erkinliklarni himoya qilish - ko‘plab dushmanlarni orttiradi, hatto qudratli davlatlarda ham."

Telegram va Durovga qo‘yilgan ayblovlar

Shaxsiylik va shifrlangan yozishmalar bilan mashhur Telegram ilovasi 1 milliarddan ortiq oylik faol foydalanuvchiga ega.

Ammo Durov Fransiyada jinoyatga aloqadorlikda ayblanmoqda.U ilova orqali sodir bo‘layotgan jinoyatlarga qarshi yetarli darajada moderatsiya qilmaganlikda gumon qilinib, o‘tgan yili hibsga olingan edi.

U giyohvand moddalar savdosi, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallari va firibgarlik holatlarida huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmaganlik ayblovlarini rad etgan. Telegram ham ilgari yetarli moderatsiya qilinmaganligi haqidagi da’volarni inkor etgan.

Le Point jurnaliga bergan intervyusida u ayblovlarni "butunlay bema’ni" deb atagan:

"Jinoyatchilar bizning messenjerimizdan foydalanayotgan bo‘lsa, bu bizni jinoyatchi qilmaydi", dedi Durov.

Telegram va Durov haqida qo‘shimcha

Durov hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashaydi.

U Fransiya va BAA fuqaroligiga ega.

U 2014-yilda Rossiyaning VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi lavozimidan Kremlga norozilik bildirganidan so‘ng bo‘shatilganini e’lon qilgan.

Shundan so‘ng, u 2013-yilda Telegram'ni yaratgan, va ilova hozirgacha Rossiyada ham mashhur.

Telegram’dagi katta guruhlar (200 minggacha foydalanuvchi) ba'zilar tomonidan soxta ma'lumot, ekstremistik, neo-natsist, pedofilik yoki terrorga oid kontentlar tarqatish uchun qulay vosita sifatida tanqid qilinadi.

Telegramning pozitsiyasi

Durov Telegram bolalarga zo‘ravonlikka qarshi faol kurashayotganini aytdi:
“2018 yildan beri Telegram bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun: kontentga barmoq izi qo‘yish, alohida moderatsiya jamoalari, nodavlat tashkilotlar liniyalari, har kunlik hisobotlar kiritgan barchasi isbotlanadigan holatlar.”

Telegram vakili:
"Bizning ilovamiz zararli kontentni tarqatishda samarali emas, chunki bizda boshqa platformalardagi kabi senzatsion kontentni targ‘ib qiluvchi algoritmlar yo‘q."
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram bosh direktori 100 dan ortiq farzandlariga boyligini vasiyat qilmoqchi