
Rutube platformasi Afrika bozoriga chiqishga tayyorlanmoqda, deb Rozetked xabar berdi. Gazprom-Media Holdingiga tegishli ushbu videoxosting platformasi Sahel mintaqasidagi davlatlar — Senegal, Mali, Burkina-Faso, Niger, Chad, Sudan va Eritreya bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Birinchi bosqichda platforma rus tilidagi kontentni fransuz tiliga tarjima qilish va interfeysni fransuz tilida so‘zlashuvchi auditoriyaga moslashtirishni rejalashtirmoqda. Mahalliy foydalanuvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ham yaratiladi. Madaniy hamkorlik doirasida Mali bilan birgalikda Gorkiy studiyasi tomonidan suratga olingan 14 ta sovet filmi fransuz tiliga tarjima qilindi.
Rutube Osiyodagi faoliyatini ham kengaytirmoqda. Indoneziyada mahalliy tilda yuklangan videolardan so‘ng auditoriya 10 baravarga oshgan. 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida eng ko‘p ko‘rishlar Qozog‘iston (119 mln), Belarus (101 mln) va Germaniyaga (51 mln) to‘g‘ri kelgan.
Rutube vakili Sergey Kosinskiy xalqaro hamkorlikni platformaning global rivojlanishidagi muhim omil deb atadi. Afrikadan tashqari, boshqa do‘stona mamlakatlar bilan ham hamkorlik ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, blogerlar uchun sun’iy intellekt yordamida kontentni tezkor moderatsiya qilishni ta’minlaydigan yangi yordamchi ustida ish olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar