Korrupsiyaga qarshi SI-vazirni yaratganlar korrupsiyada ayblanmoqda

1 daqiqa o'qish333
Korrupsiyaga qarshi SI-vazirni yaratganlar korrupsiyada ayblanmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Albaniyada korrupsiyaga qarshi kurash ramzi sifatida ko'rsatilgan sun'iy intellektli SI-vazir Diellani yaratgan Milliy axborot agentligi (AKSHI) direktori va uning o'rinbosari uy qamog'iga olindi.
  • Ular davlat shartnomalari va tender jarayonlarini manfaatdor jinoiy tuzilma foydasiga boshqarganlikda gumon qilinmoqda.
  • Diellaga davlat xaridlari va tenderlarda inson omilini kamaytirish, hujjatlarni tekshirish hamda jarayonlarni shaffoflashtirish vazifalari yuklatilgan edi.

Albaniyada korrupsiyaga qarshi kurash “ramzi” qilib ko‘rsatilgan sun’iy intellektli SI-vazir — Diella atrofida kutilmagan va bahsli voqea yuz berdi. The New York Times yozishiga ko‘ra, aynan Diellani yaratishga bosh-qosh bo‘lgan tuzilma rahbarlari korrupsiya ishida gumonlanmoqda.

Gap shundaki, Albaniya prokuraturasi Diellani ishlab chiqqan hukumat tashkiloti — Milliy axborot agentligi (AKSHI) direktori va uning o‘rinbosarini uy qamog‘iga olgan. Ular davlat shartnomalari bo‘yicha ariza va tender jarayonlarini “o‘ynab” ketgan, ya’ni shartnomalar taqsimotida manfaatdor jinoiy tuzilmaga aloqador bo‘lgan, degan gumon bilan tergov qilinayotgani aytilmoqda.

Bu ish Albaniyada oxirgi vaqtlarda kuchaytirilgan korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli kampaniya fonida ko‘rilmoqda. Manbalarga ko‘ra, ushbu kampaniya mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish talablari va standartlarini bajarish jarayoni bilan ham bog‘langan.

Eslatib o‘tamiz, Albaniya Diellaga davlat darajasida “vazir” maqomini bergan dunyodagi ilk mamlakat sifatida tilga olingan edi. Unga, xususan, davlat xaridlari va tenderlarda inson omilini kamaytirish, hujjatlarni tekshirish va jarayonlarni “shaffof” qilib berish kabi vazifalar yuklatilgani haqida yozilgan.

Shu nuqtada eng og‘ir savol paydo bo‘ladi: agar korrupsiyani cheklash uchun yaratilgan tizimni ishlab chiqqan rahbarlar o‘zlari shubha ostiga tushsa, demak muammo texnologiyada emas, tizimni kim va qanday boshqarayotganida bo‘lishi mumkin. Diella “temirqalqon” bo‘lib berishi kerak edi, ammo voqealar shuni ko‘rsatyaptiki, har qanday raqamli yechim ham insonlar halolligiga kelib taqaladi.

Xulosa qisqa: Albaniyaning bu tajribasi butun Yevropa uchun ham signal. Sun’iy intellektni davlat boshqaruviga olib kirish mumkin, lekin nazorat, javobgarlik va shaffoflik “kod”dan ham qattiqroq ishlashi shart. Aks holda, “aqlli tizim” ham noto‘g‘ri qo‘lda oddiy vositaga aylanib qolishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?