Bill Gatesning qizi asos solgan Phia startapi firibgarlikda ayblanmoqda

2 daqiqa o'qish351
Bill Gatesning qizi asos solgan Phia startapi firibgarlikda ayblanmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Milliarder Bill Gatesning qizi Phoebe Gates va Sophia Kianni tomonidan asos solingan Phia shopping-startapi “cookie stuffing” deb nomlanuvchi nohalol usuldan foydalanganlikda ayblanmoqda.
  • Bloomberg surishtiruviga ko'ra, 2025-yilda tashkil etilgan va 40 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilgan ushbu brauzer kengaytmasi o'zi amalga oshirmagan savdolardan noqonuniy ravishda komissiya pullarini olgan.

Milliarder Bill Gatesning qizi Phoebe Gates va uning hamkori Sophia Kianni tomonidan asos solingan Phia shopping-startapi jiddiy mojarolar markazida qoldi. Bloomberg oʻtkazgan surishtiruv natijalariga koʻra, platforma “cookie stuffing” deb nomlanuvchi nohalol usuldan foydalanganlikda ayblanmoqda. Bu usul startapga oʻzi amalga oshirmagan savdolardan noqonuniy ravishda komissiya pullarini olish imkonini bergan boʻlishi mumkin. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Phia loyihasi 2025-yilda tashkil etilgan boʻlib, qisqa vaqt ichida 40 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilishga ulgurgan edi. Investorlar orasida Kim Kardashian va Hailey Bieber kabi dunyoga mashhur yulduzlar borligi loyihaga boʻlgan qiziqishni yanada oshirgan. Biroq soʻnggi ayblovlar startapning obroʻsiga jiddiy putur yetkazishi va uning kelajagini soʻroq ostida qoldirishi kutilmoqda.

Bloomberg ma’lumotiga koʻra, Phia brauzer kengaytmasi koʻrinishida ishlaydi va foydalanuvchilarga turli internet-doʻkonlardagi eng arzon narxlarni hamda chegirma kodlarini topishda yordam beradi. Tizim affiliate marketing (hamkorlik dasturi) asosida ishlaydi, ya’ni foydalanuvchi ilova orqali xarid amalga oshirsa, doʻkon startapga ma’lum miqdorda komissiya toʻlaydi.

Nohalol raqobat va “cookie stuffing” mexanizmi

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, foydalanuvchi biror onlayn-doʻkon saytiga oʻzi yoki boshqa bir platforma orqali kirgan taqdirda ham, Phia fonda (background) yashirincha yangi sahifa ochgan. Toʻlovni amalga oshirish jarayonida dastur boshqa hamkorlarning referral kodlarini oʻchirib tashlab, ularning oʻrniga oʻz kodini kiritgan. Natijada, xarid uchun mukofot puli haqiqiy yoʻnaltiruvchiga emas, balki Phia hisobiga tushgan.

Ushbu holat fosh etilgach, eng yirik hamkorlik platformalaridan biri boʻlgan Impact.com Phia bilan ishlashni toʻxtatdi va uni tizimdan chetlatdi. Ta’kidlash joizki, bunday amaliyot avval ham yirik kompaniyalar oʻrtasida nizolarga sabab boʻlgan. Masalan, PayPal egaligidagi Honey servisi ham xuddi shunday ayblov bilan hozirda sudlashmoqda.

Phia vakillari Bloomberg nashriga bergan izohida muammo aniqlanganini va uni bartaraf etish uchun barcha zarur choralar koʻrilganini ma’lum qildi. Nashr tomonidan oʻtkazilgan takroriy tekshiruv xatolik tuzatilganini tasdiqlagan boʻlsa-da, startapning hamkorlari va yirik riteyllar ushbu “tuzatish” bilan qoniqadimi yoki yoʻqmi, hozircha noma’lum.

Oʻzbekistonda ham onlayn xaridlar va keshbek xizmatlari ommalashib borayotgan bir paytda, bunday texnologik firibgarliklar xalqaro bozorda raqamli etika masalasini kun tartibiga chiqarmoqda. Hozircha Phia rahbariyati va Phoebe Gates ushbu vaziyat yuzasidan qoʻshimcha rasmiy bayonot berishdan tiyilib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?