"China Southern" aviakompaniyasi 21,3 milliard dollarga 137 ta "Airbus" samolyotini sotib oladi

"China Southern Airlines" aviakompaniyasi "Airbus" bilan 21,3 milliard dollar evaziga 137 ta "A320neo" samolyotini sotib olish bo'yicha kelishuv imzoladi. Shundan 102 tasi "China Southern" uchun, 35 tasi esa "Xiamen Airlines" parki uchun mo'ljallangan. Ushbu xarid aviakompaniyaning parkiyini yangilash va barqaror o'sishni ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
"China Southern Airlines" aviakompaniyasi va uning "Xiamen Airlines" sho'ba korxonasi "Airbus" bilan yirik shartnoma imzoladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kelishuvga ko'ra, kompaniyalar jami 137 ta "A320neo" rusumidagi samolyotlarni sotib oladi.
Ulardan 102 tasi "China Southern" uchun, qolgan 35 tasi esa "Xiamen Airlines" parkiga yetkazib beriladi.
Barcha havo kemalarining umumiy katalog narxi 21,37 milliard dollarni tashkil etadi.
Biroq, "Airbus" taqdim etgan sezilarli chegirma hisobiga xaridning haqiqiy qiymati ancha arzon bo'lishi ma'lum qilindi.
Kompaniya ushbu xaridni aviaparkni yangilash va barqaror o'sishni ta'minlash maqsadi bilan izohlamoqda.































Izohlar 0
…