Rossiyada Roblox platformasiga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilindi

1 daqiqa o'qish192
Rossiyada Roblox platformasiga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilindi

Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi (Minsifri) Roblox oʻyin platformasiga kirish boʻyicha barcha cheklovlar olib tashlanganini eʼlon qildi. Ushbu qaror kompaniya Rossiya hukumati tomonidan qoʻyilgan shartlarni bajarganidan soʻng qabul qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Vazirlik xabariga koʻra, asosiy talab voyaga yetmagan foydalanuvchilarni himoya qilish choralarini kuchaytirishdan iborat edi. Regulyatorlar bilan muloqot doirasida korporatsiya bir qator chora-tadbirlarni, jumladan, oʻyinlar uchun yosh cheklovlari tizimini joriy etishni amalga oshirdi.

Bundan tashqari, platforma rahbariyati nomaqbul kontentga qarshi kurashni davom ettirish majburiyatini oldi. Vazirlik vakillari Roblox kompaniyasi foydalanuvchilar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik talablarini toʻliq bajarganini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 3-dekabrdan buyon amal qilib kelayotgan blokirovka Minsifri tegishli organlarga murojaat qilganidan soʻng rasman bekor qilindi. Endilikda foydalanuvchilar platformadan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?