Sunʼiy intellekt kompaniyalari kitoblarni ommaviy xarid qilib yoʻq qilmoqda

Sun'iy intellekt sohasidagi yirik korporatsiyalar o'z modellarini o'qitish hamda ma'lumotlar bazalarini shakllantirish maqsadida qog'oz kitoblarni ommaviy ravishda xarid qila boshladi. 404 Media nashri surishtiruviga ko'ra, raqamlashtirish jarayonidan so'ng kitoblar jismonan butunlay yo'q qilib yuborilmoqda, bu esa adabiy meros taqdiriga nisbatan jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Sunʼiy intellekt sohasidagi yirik kompaniyalar oʻz modellarini oʻqitish va yangi maʼlumotlar bazalarini shakllantirish uchun qogʻoz kitoblarni ommaviy ravishda xarid qila boshladi. 404 Media nashri surishtiruviga koʻra, raqamlashtirish jarayonidan soʻng kitoblar jismonan butunlay yoʻq qilib yuborilmoqda, bu esa adabiy merosning taqdiriga nisbatan jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, bunday xaridlar yakuniy buyurtmachilarni yashirish maqsadida maxsus vositachilar orqali amalga oshirilmoqda. Ayrim yakkabosh-savdo bitimlari doirasida bir yoʻla 1 mingdan 1 milliongacha nusxadagi nashrlar sotib olinmoqda. Bunda xaridorlarni muallif, janr yoki aniq mavzu emas, balki matn hajmi va sifati koʻproq qiziqtirmoqda.
Kitob bozoridagi keskin oʻzgarishlar
Ushbu jarayonda ilgari kutubxonalar va kitob doʻkonlariga xizmat koʻrsatib kelgan ISBNdb bazasi ham faol ishtirok etmoqda. Hozirda u sunʼiy intellekt yoʻnalishida ishlayotgan korporatsiyalar uchun kitoblarni ulgurji yetkazib berish va ommaviy xarid qilish xizmatlarini taklif qilmoqda. Ikki qoʻl kitoblar sotuvchilarining taʼkidlashicha, talab keskin oshgan — avvallari haftasiga oʻrtacha 20 tacha kitob sotilgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich yuzlab nusxalarga yetgan. Shunga oʻxshash tendentsiya Alibris va Biblio savdo maydonchalarida ham kuzatilmoqda.Mutaxassislarning fikricha, insonlar tomonidan yozilgan bosma asarlar sunʼiy intellekt uchun eng toza va sifatli maʼlumot manbai hisoblanadi. Sababi, ularda neyrotarmoqlarning oʻzi generatsiya qilgan takroriy va past sifatli maʼlumotlar hajmi mavjud emas. Bu esa til modellarining mantiqiy tuzilishi hamda savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy muammolar va yoʻq qilinayotgan meros
Mazkur amaliyot avvalroq Anthropic kompaniyasiga nisbatan qoʻzgʻatilgan sud materiallarida ham oʻz tasdiqini topgan edi. Kompaniya kitoblarni sotib olib, pudratchilar yordamida skaner qilgan, soʻngra tezkor sanoat skanerlash jarayoni qulay boʻlishi uchun koʻplab nusxalarni alohida sahifalarga boʻlib tashlagan. Sud qonuniy sotib olingan kitoblarni oʻqitish uchun ishlatishni "adolatli foydalanish" (fair use) tamoyiliga koʻra yoʻl qoʻyiladigan holat deb topgan. Biroq kompaniya millionlab pirat kitob saqlangani uchun boshqa daʼvolarga ham duch kelgan. Shuningdek, Google ham Gemini modelini oʻqitishda mualliflik huquqi bilan himoyalangan millionlab kitoblardan noqonuniy foydalanganlikda ayblanib sudga tortilgan.Jarayonning eng xavotirli jihati shundaki, skanerlashdan soʻng koʻplab noyob va uzoq vaqt davomida qayta nashr etilmagan kitoblar qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻq qilib yuborilmoqda. Ularning raqamli nusxalari esa faqatgina yopiq sunʼiy intellekt bazalarida saqlanib qolmoqda. Bu esa kelajak avlodlar uchun qimmatli madaniy merosning jismonan yoʻqolib ketish xavfini tugʻdirmoqda.






























Izohlar 0
…