Google Chrome foydalanuvchilar ruxsatisiz 4 GB hajmli sunʼiy intellekt modelini yuklamoqda

1 daqiqa o'qish161
Google Chrome foydalanuvchilar ruxsatisiz 4 GB hajmli sunʼiy intellekt modelini yuklamoqda

Google Chrome brauzerining 147-versiyasi foydalanuvchilar uchun kutilmagan muammoni keltirib chiqardi. Brauzer hech qanday ogohlantirishsiz kompyuter xotirasiga "weights.bin" nomli 4 GB hajmli faylni yuklab olmoqda. Ushbu fayl Gemini Nano sunʼiy intellekt modelining bir qismi boʻlib, matn yozishga yordam berish, avtomatik toʻldirish va firibgarlikni aniqlash kabi funksiyalar uchun moʻljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu model bulutli xizmatlardan foydalanmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchi qurilmasida ishlaydi. Bu maxfiylik nuqtayi nazaridan ijobiy boʻlsa-da, xotirasi cheklangan kompyuterlar uchun jiddiy muammo tugʻdiradi. Fayl foydalanuvchi profilidagi "OptGuideOnDeviceModel" papkasida saqlanadi va uni shunchaki oʻchirib tashlash kifoya qilmaydi, chunki brauzer sozlamalari oʻzgartirilmasa, u qaytadan yuklanib qolishi mumkin.

Google ushbu funksiyalar uchun qancha xotira talab qilinishi haqida aniq maʼlumot bermayapti. Foydalanuvchilar ushbu modelni butunlay oʻchirish uchun brauzer sozlamalaridagi "On-Device AI" opsiyasini oʻchirib qoʻyishlari kerak. Kompaniya kelajakda brauzer yangilanishlari bilan model hajmi oʻzgarishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Mutaxassislar Google kompaniyasini foydalanuvchilarni bunday katta hajmdagi fayllar haqida oldindan xabardor qilishga va ularga tanlov imkoniyatini taqdim yetishga chaqirmoqda. Agar foydalanuvchilarga bulutli modellardan foydalanish yoki mahalliy modelni oʻrnatish tanlovi berilganda, bunday tushunmovchiliklarning oldini olish mumkin edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?