date

Braintrust sunʼiy intellekt platformasi xavfsizlik buzilishi haqida ogohlantirdi

Braintrust sunʼiy intellekt platformasi xavfsizlik buzilishi haqida ogohlantirdi

Sunʼiy intellekt modellarini baholash bilan shugʻullanuvchi Braintrust startapi oʻz mijozlariga API kalitlarini zudlik bilan yangilashni tavsiya qildi. Kompaniya Amazon Web Services bulutli xizmatlaridagi hisob qaydnomalaridan biriga ruxsatsiz kirish holati aniqlanganini maʼlum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Braintrust mijozlarga yuborgan elektron xatida ushbu hisob qaydnomasida foydalanuvchilarning bulutli AI modellariga ulanish uchun ishlatiladigan maxfiy API kalitlari saqlanganini tasdiqladi. Hozircha keng koʻlamli maʼlumotlar sizib chiqishi boʻyicha dalillar topilmagan boʻlsa-da, kompaniya ehtiyot chorasi sifatida barcha mijozlardan oʻz kalitlarini almashtirishni soʻramoqda.

Kompaniya vakili Martin Bergman hodisa nazorat ostiga olinganini va buzilgan hisob qaydnomasi bloklangani, shuningdek, tizimlar boʻylab kirish huquqlari cheklanganini bildirdi. Ayni damda xavfsizlik hodisasining aniq sabablari boʻyicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, API kalitlarining oʻgʻirlanishi xakerlarga kompaniya tizimlariga qonuniy foydalanuvchi sifatida kirish imkonini beradi. Braintrust kabi uchinchi tomon platformalarining nishonga olinishi koʻplab korporativ mijozlar uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Braintrust sunʼiy intellekt platformasi xavfsizlik buzilishi haqida ogohlantirdi