Koreyada devor va shiftlarda harakatlana oladigan robot yaratildi

Janubiy Koreyada kemasozlikdagi xavfli va murakkab ishlarni bajarishga mo‘ljallangan Diden Spider nomli to‘rt oyoqli robot yaratildi. U oyoqlaridagi kuchli magnitlar yordamida metall yuzalarga yopishib, vertikal devorlar, egri po‘lat konstruksiyalar va hatto shiftlarda harakatlana oladi.
Robot Diden Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, kemalar qurilishida payvandlash, texnik ko‘rik va boshqa vazifalarni bajarish uchun moslashtirilmoqda. Uning asosiy afzalliklaridan biri — odamlar uchun tor, baland yoki xavfli bo‘lgan joylarga kira olishidir.
Diden Spider Samsung Heavy Industries kemasozlik korxonasida ham sinovdan o‘tkazilgan. Sinovlar davomida robot kemalar qurilishida ishlatiladigan po‘lat konstruksiyalar bo‘ylab harakatlanishi hamda payvandlash ishlarini bajarish imkoniyatini namoyish etgan.
Mutaxassislar bunday robotlar kelajakda kemasozlikda inson uchun xavfli va takroriy vazifalarni avtomatlashtirishga yordam berishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Diden Robotics esa texnologiyani payvandlashdan tashqari, inspeksiya va boshqa sanoat jarayonlarida ham qo‘llashni rivojlantirmoqda.






























Izohlar 0
…