Mother Ventures onalar ehtiyojiga qaratilgan startaplarga sarmoya kiritmoqda

1 daqiqa o'qish123
Mother Ventures onalar ehtiyojiga qaratilgan startaplarga sarmoya kiritmoqda

AQShda onalar kuni arafasida Allison Stern o‘zining Mother Ventures nomli yangi jamg‘armasi uchun 10 million dollar sarmoya to‘plaganini e’lon qildi. Ushbu jamg‘arma faqat onalar iste’molchi bo‘lgan loyihalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularni iqtisodiyotning asosiy dvigateli deb hisoblaydi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Sternning so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi uy xo‘jaliklari xaridlarining 85 foizi onalar tomonidan amalga oshiriladi va ularning umumiy xarid qobiliyati 2,4 trillion dollarni tashkil etadi. Ikki farzandning onasi bo‘lgan Allison zamonaviy onalar ehtiyojlarini qondiruvchi startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu ulkan bozordan samarali foydalanishni maqsad qilgan.

Mother Ventures tashkil etilganidan beri 13 ta startapga 4 million dollar sarmoya kiritdi. Ular orasida bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni bron qiluvchi Coral Care va bolalarga mo‘ljallangan retro uslubdagi Wi-Fi telefonlari ishlab chiqaruvchi Tin Can kabi loyihalar mavjud.

Jamg‘armaga Blackstone kompaniyasining sobiq prezidenti Toni Jeyms, Lovevery asoschisi Jessika Rolf hamda Netflix va Rent the Runway kabi yirik kompaniyalarning yetakchi ayol xodimlari sarmoya kiritgan. Sternning fikricha, Millennial va Gen Z avlodi onalari DoorDash, Zum va Greenlight kabi raqamli xizmatlar hamda qulay yechimlarga yuqori talab qo‘ymoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?