date

Xitoy televizorlar bozori pasaymoqda, ammo ekranlar kattalashmoqda

Xitoy televizorlar bozori pasaymoqda, ammo ekranlar kattalashmoqda

Luotu Technology kompaniyasi 2026-yilning birinchi choragi uchun Xitoy televizorlar bozori bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, bozorda umumiy pasayish kuzatilmoqda: yetkazib berish hajmi 8,065 million donani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,8 foizga kamaydi. Chakana savdolar esa 11,4 foizga qisqarib, 6,4 million donani tashkil etdi. Bu ketma-ket to‘rtinchi chorakdagi pasayish bo‘lib, yaqin kelajakda vaziyatning yaxshilanishi kutilmayapti. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bozordagi pasayishga qaramay, iste’molchilar tobora kattaroq o‘lchamdagi televizorlarni tanlamoqda. Joriy yilning birinchi choragida o‘rtacha ekran o‘lchami 64,3 dyuymga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,6 dyuymga ko‘pdir. 75 dyuymli modellar ketma-ket ikki yildirki eng ommabop tanlov bo‘lib qolmoqda va umumiy savdoning 24,3 foizini tashkil etmoqda.

Hozirda 75 dyuym va undan katta o‘lchamdagi televizorlar ulushi 40 foizga yaqinlashdi. 75, 65, 55 va 85 dyuymli modellar esa bozorning 74,7 foizini egallab turibdi. Mutaxassislar 60 dan 120 dyuymgacha bo‘lgan ekranlar uchun 2,5–3,5 metr masofadan ko‘rishni tavsiya qilmoqda, shuningdek, 98 va 100 dyuymli yirik modellar ham bozorda o‘z o‘rnini topmoqda.

Televizorlarning o‘rtacha narxi oshgan bo‘lsa-da, energiya tejamkor modellar bozorda yetakchilik qilmoqda — ularning ulushi 78,3 foizga yetdi. Shuningdek, Mini-LED texnologiyasiga ega televizorlar ham ommalashib bormoqda: ularning chakana savdodagi ulushi 26,7 foizni tashkil etdi va yil yakuniga qadar yetkazib berish hajmi qariyb 40 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoy televizorlar bozori pasaymoqda, ammo ekranlar kattalashmoqda