Samsung, LG va Sony televizorlari narxi oshishi kutilmoqda

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Samsung, LG va Sony kabi yirik televizor ishlab chiqaruvchilari Xitoy displey zavodlari suyuq kristall (JK) panellar narxini oshirayotgani sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
- BOE, TCL CSOT va HKC kabi Xitoy kompaniyalari o'zlarining ishlab chiqarish hajmini ongli ravishda cheklab, bozordagi ustunliklaridan foydalanib, narxlarni nazorat qilmoqda.
Jahon bozorida yirik televizorlar ishlab chiqaruvchi Samsung Electronics, LG Electronics va Sony kompaniyalari qiyin moliyaviy vaziyatga duch kelmoqda. Koreya resursining The Elec nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, yirik Xitoy displey zavodlari suyuq kristall (JK) panellar narxini oshirishni boshlagan va bu global brendlarga tegishli xabarnomalar allaqachon yetkazib berilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Oʻzgarishlar global bozor yetakchilari hisoblangan BOE, TCL CSOT hamda HKC kompaniyalariga daxldor. Xususan, BOE oʻzining yangi narx siyosatini joriy yilning toʻrtinchi choragidan boshlab joriy etishni rejalashtirgan. Biroq TCL CSOT va HKC kabi boshqa yirik oʻyinchilar ayrim turdagi panellar qiymatini kuz oylaridayoq koʻtarishga kirishib ketgan.
Narxlar nima sababdan oshmoqda?
Bunday narx siyosatining aynan kuz faslida boshlangani bejiz emas. Avgust va sentyabr oylari dunyoning yetakchi texnika brendlari uchun yil oxiridagi eng qizgʻin savdo mavsumiga tayyorgarlik koʻrish davri hisoblanadi. Aynan shu paytda kompaniyalar Qora juma, Rojdestvo va boshqa yirik bayram savdolari uchun asosiy ehtiyot qismlarini xarid qilishadi.Hozirgi sharoitda Samsung, LG va boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun xaridlarni keskin qisqartirish yoki boshqa muqobil choralarni koʻrish qiyin kechmoqda. Sababi, yillik eng yuqori savdo mavsumi oldidan butlovchi qismlarsiz qolish xavfi yuqori. Shuningdek, mazkur vaziyat bozorda taqchillik kuzatilayotgani bois yuzaga kelmagani eʼtiborga molikdir.
Xitoylik ishlab chiqaruvchilarning bozordagi hukmronligi
Oltin oʻrtachilikni saqlash maqsadida Omdia tahliliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, Xitoy zavodlari oʻz quvvatlarini toʻliq ishlatmayapti. Ayrim korxonalar atigi 70 foizga yuklangan boʻlib, ishlab chiqaruvchilar ortiqcha taklif yuzaga kelishining oldini olish hamda yuqori narxlarni saqlab qolish uchun chiqarish hajmini ongli ravishda cheklamoqda.Bunday strategiyani qoʻllashga xitoylik kompaniyalarning bozordagi mutlaq ustunligi imkon bermoqda. Omdia baholashicha, bugungi kunda BOE, TCL CSOT va HKC 65, 75 va 85 dyuymli yirik JK-panellar jahon bozorining 70 foizdan 85 foizgacha boʻlgan qismini nazorat qiladi. Oʻta yirik televizor ekranlari segmentida esa ularning ulushi deyarli toʻliq monopoliya darajasiga yaqinlashgan.
Vaziyatning keskinlashuviga Janubiy Koreya kompaniyalarining bu bozordan bosqichma-bosqich chiqib ketgani ham sabab boʻlgan. Xususan, Samsung Display 2022-yilda toʻlaqonli ravishda JK-panellar ishlab chiqarishni toʻxtatgan edi. LG Display ham Janubiy Koreyadagi televizor uchun LCD ishlab chiqarishni yopib, Guanchjou shahridagi korxonasini sotib yuborgan.
Natijada muqobil yetkazib beruvchilar soni keskin qisqarib ketdi. Bu esa Xitoy ishlab chiqaruvchilarining televizorlarning eng qimmat qismlaridan biri boʻlgan panellar narxiga taʼsir oʻtkazish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi va kelgusida tayyor mahsulotlar qimmatlashishini muqarrar qilib qoʻydi.






























Izohlar 0
…