ASML rahbari: Xitoyga taqiqlar Huawei rivojlanishini kuchaytiradi

1 daqiqa o'qish158
ASML rahbari: Xitoyga taqiqlar Huawei rivojlanishini kuchaytiradi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • ASML rahbari Kristof Fuke fikricha, Xitoyga qo'yilgan eksport cheklovlari Huawei kabi kompaniyalarni o'z texnologiyalarini jadal rivojlantirishga undaydi.
  • EUV-skanner kabi murakkab qurilmalarning muqobilini topish qiyin bo'lsa-da, Xitoy korxonalari mavjud uskunalarni o'zgartirib, jarayonlarni optimallashtirib, 7 nanometrli chiplarni ishlab chiqarishda davom etmoqda.

Yevropaning yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi uskunalar yetkazib beruvchisi boʻlgan ASML kompaniyasi rahbari Kristof Fukening taʼkidlashicha, Xitoyga nisbatan joriy etilayotgan eksport cheklovlari kutilganining aksicha natija berishi mumkin. Financial Times nashri xabar qilishicha, cheklovlar xorijiy texnologiyalarga qaramlikni kamaytirish oʻrniga, aksincha, Huawei boshchiligidagi Xitoy kompaniyalarini oʻz texnologiyalarini jadal rivojlantirishga undamoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mutaxassislarning fikricha, EUV-skanner kabi murakkab qurilmalarni yaratish va uning muqobilini topish oson vazifa emas. Xususan, ushbu tizimlar 100 mingdan ortiq butlovchi qismlarni oʻz ichiga olib, ularni tayyorlashda dunyo boʻylab 200 ta asosiy hamda 2 000 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi. Ular orasida optika ishlab chiqaruvchi Zeiss, lazer yetkazib beruvchi Trumpf va yuqori aniqlikdagi qismlarni taqdim etuvchi VDL kabi gigantlar borligi sababli ham toʻlaqonli muqobil infratuzilmani shakllantirish murakkabligicha qolmoqda.

Xitoyning texnologik moslashuvi

Hozirgi kunda Xitoy korxonalari va Huawei kompaniyasi zamonaviy EUV-uskunalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilingan. Qolaversa, esroq turdagi DUV-tizimlarini yetkazib berish ham tobora qiyinlashib bormoqda. Shunga qaramay, Xitoy ishlab chiqaruvchilari ushbu toʻsiqlarni chetlab oʻtish uchun mavjud uskunalarni oʻzgartirish, jarayonlarni optimallashtirish va qoʻshimcha litografiya amaliyotlarini bajarish orqali moslashmoqda.

Mavjud DUV-qurilmalardan foydalangan holda Xitoy fabrikalari 7 nanometrli klassdagi chiplarni muvaffaqiyatli ishlab chiqarishda davom etmoqda. Bu esa mamlakatning texnologik salohiyati tobora ortib borayotganini koʻrsatadi. Hozirda AQSh rasmiylari ASML kompaniyasining Xitoyga qolgan soʻnggi taʼminot yoʻnalishlariga ham qoʻshimcha cheklovlar joriy etish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Mazkur vaziyatda asosiy masala faqatgina Xitoyning mavjud xorijiy uskunani nusxalashi yoki takrorlashi emas, balki bu kabi keskin eksport cheklovlari mamlakatda oʻzining mustaqil ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish jarayonini qanchalik tezlashtirishida qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?