Grafana Labs kiberhujumga uchradi va xakerlarga to‘lov qilishdan bosh tortdi

1 daqiqa o'qish212
Grafana Labs kiberhujumga uchradi va xakerlarga to‘lov qilishdan bosh tortdi

Ommabop ochiq kodli vizualizatsiya dasturiy taʼminoti ishlab chiqaruvchisi Grafana Labs kompaniyasi kiberhujumga uchraganini tasdiqladi. Xakerlar kompaniyaning dasturiy kodlarini o‘g‘irlab, ularni tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan holda to‘lov talab qilishgan, biroq kompaniya rahbariyati bu shantajga bo‘yin egmasligini maʼlum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya tomonidan olib borilgan dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, xakerlar GitLab muhitiga kirish imkonini beruvchi o‘g‘irlangan token orqali tizimga kirib olgan. Grafana Labs vakillarining taʼkidlashicha, ushbu token mijozlar maʼlumotlari yoki moliyaviy hisobotlarga kirish huquqini bermagan, faqat dasturiy kodlar omboriga ruxsatsiz kirishni taʼminlagan.

Hozirgi vaqtda xavfsizlik choralari kuchaytirilib, o‘g‘irlangan token bekor qilindi. Grafana Labs o‘z kodlari ochiq manbali ekanligini va ularni istalgan shaxs yuklab olishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Shunga qaramay, kompaniya FBI tavsiyalariga amal qilgan holda, kiberjinoyatchilarga to‘lov qilmaslikka qaror qildi, chunki bu kelajakdagi hujumlarni moliyalashtirishi mumkin.

Ushbu holat yaqinda Instructure kompaniyasida yuz bergan voqeadan farq qiladi. Instructure xakerlar bilan kelishuvga erishib, to‘lov amalga oshirgan edi. Grafana Labs esa tergov jarayoni davom etayotganini va yakuniy natijalar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?