Sam Bankman-Fried Trumpdan afv etishni soʻradi

FTX kriptovalyuta birjasining asoschisi Sam Bankman-Fried AQSH Prezidenti Trumpga rasman afv etish soʻrovi bilan murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligining Afv etish masalalari boʻyicha prokuratura idorasi veb-saytida maʼlumot paydo boʻldi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Bankman-Fried 2024-yilda firibgarlik va pul yuvish bilan bogʻliq ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Bloomberg News nashrining xabar berishicha, ushbu ariza uning jazoni muddatidan oldin tugatishga boʻlgan rasmiy urinishidir.
Trump oʻzining ikkinchi prezidentlik muddati davomida yuzlab insonlarni afv etishga ulgurdi. Ularning aksariyati 6-yanvar voqealari ishtirokchilari boʻlsa-da, sezilarli qismi moliyaviy jinoyatlarda ayblangan shaxslardir. NBC News tahliliga koʻra, afv etilganlarning yarmidan koʻpi pul yuvish va bank firibgarligi kabi "oq yoqalilar" jinoyatlarini sodir etgan.
Shuningdek, Trump oʻzining siyosiy kampaniyalariga katta miqdorda xayriya qilgan bir qator shaxslarni ham afv etgan. Qizigʻi shundaki, Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Trump tomonidan afv etilganlarning juda kam qismi Adliya vazirligiga rasmiy ariza bilan murojaat qilgan; koʻpchilik holatlarda qarorlar toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilingan.





























Izohlar 0
…