Yandex qidiruv tizimida «puxososlar» haqida mini-oʻyin paydo boʻldi

Yandex qidiruv tizimida «puxososlar» haqida mini-oʻyin paydo boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «puxososlar» (paxta-changyutgichlar) haqidagi virusli video Yandex qidiruv tizimida interaktiv oʻyin paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Iyun oyi boshida ushbu mavzuga boʻlgan qiziqish keskin ortgan: agar 3-iyun kuni foydalanuvchilar 5 mingga yaqin soʻrov yuborgan boʻlsa, ertasi kuni bu koʻrsatkich 23 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Natijada qidiruv tizimiga qilingan har bir million murojaatning qariyb 90 tasi aynan «puxososlar» haqidagi savollarga toʻgʻri keldi. Foydalanuvchilar bunday robotning mavjudligi, uning fotosuratlari va videolari bilan faol qiziqishgan. Shuningdek, «puxosos bu sunʼiy intellektmi yoki yoʻq», «puxosos sotib olish» va «Moskvada puxososni qayerda uchratish mumkin» kabi kinoyali soʻrovlar ham koʻpaygan.

Ushbu trendga javoban Yandex oʻzining asosiy qidiruv sahifasiga interaktiv oʻyin qoʻshdi. U foydalanuvchilarga bevosita qurilma ekranida «toʻplanib qolgan terak momigʻini haydash» imkonini beradi. Mini-oʻyin qidiruv satriga «пухососы» yoki «пух тополя» soʻzlari kiritilganda avtomatik ravishda faollashadi.

Mazkur shov-shuvga ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan video sabab boʻlgan edi. Unda goʻyoki Moskva koʻchalarini tozalayotgan yuqori texnologiyali «robot-puxososlar» tasvirlangan. Kadrlar shunchalik real koʻringanki, koʻpchilik buni haqiqiy shahar innovatsiyasi deb qabul qildi, aslida esa video neyrotarmoq yordamida generatsiya qilingan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar