Rossiyada bank kartalari soniga cheklov oʻrnatildi: Yangi qonun qabul qilindi

1 daqiqa o'qish159
Rossiyada bank kartalari soniga cheklov oʻrnatildi: Yangi qonun qabul qilindi

Rossiya Davlat dumasi kiberfiribgarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlari doirasidagi yangi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qildi. Yangi qoidalarga koʻra, endilikda bir fuqaro oʻz nomiga 20 tadan ortiq bank kartasini rasmiylashtira olmaydi. Avvalroq muhokama qilingan bitta bankda beshta karta limiti esa yakuniy tahrirda bekor qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu cheklovlarni nazorat qilish maqsadida bank kartalarining yagona hisobga olish tizimi yaratiladi. Banklar mijozning STIR (INN) raqami, kartalar soni va ularning raqamlari haqidagi maʼlumotlarni ushbu tizimga uzatishi shart boʻladi. Yangi karta berishdan oldin banklar ushbu tizim orqali mijozning limitini tekshirib koʻradi. Alohida holatlarda Rossiya Markaziy banki direktorlar kengashi qarori bilan ushbu limitdan oshishga ruxsat berilishi mumkin.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan "bolalar" SIM-kartasi tushunchasi ham joriy etilmoqda. Ota-onalar oʻz nomiga rasmiylashtirilgan raqamni farzandiga berganligi haqida aloqa operatorini xabardor qilishlari mumkin boʻladi. Shundan soʻng, ushbu SIM-karta bolalar uchun moʻljallangan karta sifatida hisobga olinadi.

Dastlab bunday xabarnomani yuborish majburiy boʻlishi rejalashtirilgan edi, biroq ikkinchi oʻqishda bu norma ixtiyoriy etib belgilandi. "Bolalar" SIM-kartalari orqali aloqa xizmatlarini koʻrsatish tartibi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan qoʻshimcha ravishda belgilab beriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?