App Store xavfsizlik tizimi tarixda birinchi marta xakerlar hujumiga dosh bera olmadi

Apple kompaniyasi App Store`ga xakerlar tomonidan yirik hujum uyushtirilganidan so‘ng unda paydo bo‘lgan zararli dasturlarni o‘chirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Apple o‘z harakatlariga bir qator kiberxavfsizlik kompaniyalari yuzlab qonuniy ilovalar ichiga XcodeGhost zararli dasturi o‘rnashib olgani haqida ma’lum qilganidan so‘ng izoh berishga majbur bo‘ldi.
Reuters agentligining qayd etishicha, xakerlar birinchi marta tizimning mustahkam himoyasini buzib kirishga muvaffaq bo‘lishgan. Ayni paytda Qihoo360 Technology Co kompaniyasi 344ta zararlangan ilovani aniqladi. App Store internet do‘konidan qancha ilova o‘chirib tashlangani ayni paytda ma’lum emas. Bungacha esa dasturlarning zararlanishi bilan bog‘liq besh holat haqida xabar qilingan edi.
Apple xabariga ko‘ra, xakerlar dasturchilar uchun ortiqcha kodlarni tuzilayotgan dasturlarga avtomatik kiritishga xizmat qiluvchi Xsode rasmiy vositasi nomi ostida niqoblangan virusni joylashtirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, zararlangan ilovalar ichida WeChat mobil chati, taksi chaqirishga mo‘ljallangan Didi Kuaidi va NetEase Inc internet portalining musiqa ilovalari bor.
Ayni paytda kompaniya iPhone va iPad qurilmalari egalariga kiberhujum natijasida ularning qurilmalari zararlanganini qanday yo‘l bilan aniqlash usullari to‘g‘risida ma’lumot berganicha yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing