«Turmushning mushti bor» deganda nimani nazarda tutishgan? Vazira Yunusova izoh berdi (video)

«Turmushning mushti bor» deganda nimani nazarda tutishgan? Vazira Yunusova izoh berdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa Vazira Yunusova "Turmushning mushti bor" degan iborani erkakning ayolni urishi emas, balki ayolning og'ir vaziyatlarda erining yonida turib, uni qo'llab-quvvatlashi deb tushuntirdi.
  • Uning fikricha, aqlli ayol erkakning boshlig'ini tan olib, har qanday vaziyatda bir-birini tushunish muhim.
  • Shuningdek, aktrisa moliyaviy masalalarda boriga shukr qilish va er-xotinning bir-biriga shirin so'z hamda kichik sovg'alar bilan e'tiborli bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

Aktrisa Vazira YunusovaDaryo Lifestyle” kanaliga bergan intervyusida oiladagi ayol va erkakning o‘rni, og‘ir vaziyatlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlash va turmushdagi mas’uliyat haqida gapirdi.

“Men atala qilgan paytlarim ham bo‘lgan. Oddiy atala yoki holvaytar qilib kutib olgan kunlarim bo‘lgan. Keyin kulib-kulib o‘sha taomni birga yegan paytlarimiz ham bo‘lgan. 'Turmush' deb bekorga aytilmagan. Ota-bobolarimiz shunday zo‘r matal, masal va maqollarni aytib ketgan.

'Turmushning mushti bor' degani erkak kishining ayolni urishi nazarda tutilmagan. Aksincha, shunday vaziyatlarda ayol erkagining yonida yelkama-yelka turib berishi kerak. Aqlli ayol bo‘lish kerak.

Erkak bosh bo‘lsa, bo‘yin — ayol. 'Ayol qayoqqa bursa, erkak kishi ham o‘sha yoqqa ketadi', deyishadi. Shuning uchun har qanday vaziyatda bir-birini tushunish muhim.

Masalan, erkak kishi ko‘chadan jahli chiqib, asabi buzilib kirib kelishi mumkin. Shunday paytda 'tegma unga, tegma'. Vij-vij-vij qiladi, urush-janjal boshlanadi, boshqa narsa bo‘ladi. Shunaqa vaqtda aksincha, ozgina o‘zini bosish kerak”, — dedi aktrisa.

Vazira Yunusova oiladagi moliyaviy masalalar va er-xotinning bir-biridan kutadigan narsalari haqida ham fikr bildirdi.

“Yildan yilga yangi telefonlar chiqib yotibdi. O‘rtog‘im do‘kondan iPhone 16, 17, 18 olibdi, men ham olishim kerak, deydi. Bunday paytda boriga shukr qilib, 'mana ol, mening borim shu', deyish kerak. Bu hech narsa bermaydida, erkak kishining shirin so‘zi.

Lekin erkak kishi ham o‘zidan ketib qolmasligi kerak. Hech bo‘lmasa, bir dasta gul ko‘tarib boring”, — deya o‘z fikrlarini bildirdi aktrisa.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar