Facebook’da 360 gradusli video paydo bo‘ldi

Android uchun Facebook dasturi va ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasi 360 gradusli videoni qo‘llab-quvvatlashni boshladi.
Prokatites s veterkom po peskam planetы Djakku, na kotoroy proisxodit deystvie novogo blokbastera «Zvyozdnыe Voynы: Probujdenie Silы»! Unikalnoe panoramnoe 360° video, eksklyuzivno dlya Facebook.
Posted by Star Wars on 23 sentyabrya 2015 g.
Posted by Star Wars on 23 sentyabrya 2015 g.
Dasturda ko‘rish burchagini smartfonni fazoda ko‘chirish yoki o‘rnini o‘zgartirish, veb-versiyada esa kursorni ko‘chirish bilan o‘zgartirish mumkin. Sferik videoni hozircha faqat «Yulduzli janglar», Discovery, GoPro, LeBron James & Uninterrupted, Saturday Night Live va Vice akkauntlari yuklashlari mumkin. Biroz vaqtdan keyin yuklash imkoniyati ko‘plab qolgan akkauntlarga beriladi. iOS dasturi uchun 360 burchakli videoni qo‘llab-quvvatlash yaqin oylarda paydo bo‘ladi.
“Faraz qiling, kelajakda do‘stingizning Fransiyadagi kichik kishloqda yoki Braziliyadagi festivaldagi dam olishining 360 gradusli videosini ko‘ra turib, siz atrofga qarab, o‘zingizni uning yonida bo‘lgandek his qilishingiz mumkin”, deb aytilmoqda kompaniya xabarida. The Verge nashrining yozishicha, Facebook 360 gradusli videoni yaratishda 2014 yilda sotib olgan Oculus VR bilan birinchi marta hamkorlik qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing