Google millionlab eski smartfonlarda Android Auto qoʻllab-quvvatlashini toʻxtatmoqda

Google millionlab eski smartfonlarda Android Auto qoʻllab-quvvatlashini toʻxtatmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Google, Android 10 operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlarda Android Auto xizmatining talablarini kuchaytirmoqda, bu esa millionlab eski qurilmalar foydalanuvchilariga ta'sir qiladi.
  • Samsung Galaxy Note 9, Galaxy S9 va Sony Xperia XZ2 Compact kabi Android 10 da to'xtab qolgan flagmanlar egalari xizmatdan foydalana olmaydi.

Google kompaniyasi haydovchilar uchun moʻljallangan mashhur Android Auto xizmatining talablarini yana-da kuchaytirishga hozirlik koʻrmoqda. ixbt.com nashrining xabar berishicha, Android 10 operatsion tizimida ishlaydigan smartfon egalari avtomobilga ulanish vaqtida xizmat tez orada oʻz ishini toʻxtatishi haqida ogohlantirishlarni ola boshladilar. Bu oʻzgarish millionlab eski rusumdagi mobil qurilmalar foydalanuvchilariga oʻz taʼsirini koʻrsatishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qaysi qurilmalar xavf ostida

Hozirgi vaqtda bunday xabarnomalar ayniqsa Samsung Galaxy Note 9, Galaxy S9 hamda Sony Xperia XZ2 Compact kabi bir necha yil avval ommalashgan flagman smartfonlar egalari tomonidan kelib tushayotgani qayd etilmoqda. Mazkur qurilmalar uchun oxirgi rasmiy tizim yangilanishi aynan Android 10 versiyasida toʻxtab qolgan edi. Shu sababli, talablar oshirilgandan soʻng mazkur gadjetlar egalari xizmatdan foydalanish imkoniyatini yoʻqotishadi va muammoni faqat yangi smartfon xarid qilish orqaligina hal qilishlari mumkin boʻladi.

Garchi Google kompaniyasi hozircha simli ulanish uchun minimal talablar oshirilgani haqida rasmiy bayonot bermagan boʻlsa-da, amaldagi holat shuni koʻrsatmoqdaki, tizim talablari asta-sekin koʻtarilmoqda. Kompaniyaning rasmiy sahifalarida hozircha simli ulanish uchun Android 9 Pie yoki undan yangi versiya yetarli ekani koʻrsatilgan boʻlsa-da, simsiz rejim uchun allaqachon Android 11 talab etilishi boshlangan edi.

Tizim evolyutsiyasi va kelajakdagi oʻzgarishlar

Mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda Android 11 versiyasi nafaqat simsiz, balki simli ulanish uchun ham bazaviy talabga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa texnologik jihatdan eskirib borayotgan operatsion tizimlardan bosqichma-bosqich voz kechish siyosatining mantiqiy davomi hisoblanadi. Texnologiya giganti foydalanuvchilar xavfsizligi va xizmat barqarorligini taʼminlash maqsadida eski platformalardan asta-sekin voz kechish amaliyotini muntazam ravishda qoʻll ishlab kelmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Google bungacha ham eski tizimlar uchun qoʻllab-quvvatlash muddatlarini bosqichma-bosqich qisqartirib kelgan edi. Xususan, 2022-yilda Android 8 Oreo va undan pastroq versiyalardagi qurilmalarda mazkur xizmat toʻxtatilgan boʻlsa, 2024-yilga kelib minimal talab sifatida Android 9 Pie belgilan edi. Hozirgi jarayon esa texnologik standartlarning yana bir pogʻonaga yuqorilashidan dalolat beradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar