Apple sanksiyalar tufayli Qrimda o‘z mahsulotlarini sotishni man qildi

Apple sanksiyalar tufayli Qrimda o‘z mahsulotlarini sotishni man qildi
Apple sanksiyalar tufayli Qrimda o‘z mahsulotlarini sotishni man qildi

Apple kompaniyasi 21 yanvar, chorshanba kuni o‘z hamkorlariga 1 fevraldan boshlab Qrimda faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risida maktub yo‘lladi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.

Endi Apple o‘z sheriklariga Qrimda kompaniya mahsulotlarini sotish va texnik xizmatlarni taqdim etishni man qiladi.

Avvalroq Apple o‘zining Qrimdagi dasturchilari bilan hamkorlikni to‘xtatgani xabar berilgan edi. Kompaniya dasturchilarning developer.apple.com portaliga kirishini bloklab qo‘ydi, o‘z dasturiy ta’minotini ishlatishni to‘xtatishni hamda faoliyat vaqtida foydalanilgan barcha materiallarni yo‘q qilishni talab qildi.

Foto: AP / Daryo
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar