Foto: «Glamur.ru»
MeowTalk mobil dasturi yordamida mushuklarning miyovlashini o‘z egalari tushunadigan tilga o‘girib berish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozadi «Glamur.ru».
Ushbu mobil dastur Akvelon top-menejeri Xayver Sanches tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u bunga qadar Amazon muhandisi bo‘lgan va Alexa virtual yordamchisining yaratilishida ishtirok etgan. Sanches hamda uning jamoasi mushuklar miyovlash orqali ovqatlantirish va og‘riqdan shikoyat qilish kabi to‘qqizta asosiy xabarlarni bildirishga urinishini aniqlagan. MeowTalk esa ushbu xabarlarning barchasini sun’iy intellekt yordamida hisobga oladi.
Dasturchining ta’kidlashicha, har bir mushukning o‘ziga xos vokalizatsiyasi va miyovlash lug‘ati bo‘ladi. Shu sababli foydalanuvchilar dasturni o‘zining uy hayvoni miyovlashiga o‘rgatishi mumkin. Sanches dasturni mushugida sinab ko‘rgan va u qachon uni ko‘chaga chiqarish yoki ovqatlantirish kerakligini tushuna boshlagan. Ammo dasturga buni o‘rgatish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.
«MeowTalk statik emas, u to‘g‘riligi tasdiqlangan har bir tarjima orqasidan o‘rganadi va rivojlanadi — xuddi biz o‘zimizning xotira bankimizga yoki til dasturimizga yangi so‘zlarni qo‘shganimiz kabi», — deydi Akvelon bosh operatsion direktori Konstantin Korovkin.
MeowTalk mobil dasturini App Store hamda Google Play orqali yuklab olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qondagi gemoglobin miqdorini aniqlaydigan mobil dastur yaratildi

Smartfonlar endilikda suratlar bo‘yicha ko‘z kasalliklarini aniqlay oladi

Devorlarni virtual suratlar bilan bezash imkonini beradigan dastur yaratildi

Gmail maktublarga mustaqil javob beradigan Smart Reply xizmatiga ega bo‘ldi

«Yandeks» ish qidirish uchun mo‘ljallangan mobil dastur chiqardi

O‘zbekistonda mobil telefonlar uchun «Super Ketmon» o‘yin ilovasi taqdim etildi