13:26 / 30.12.2020
2 716

Moskvada innovatsion funksiyalarga ega kvadrat shaklidagi svetoforlar paydo bo‘ldi

Moskvada innovatsion funksiyalarga ega kvadrat shaklidagi svetoforlar paydo bo‘ldi
Foto: Facebook / «Probok.net»
Moskva Transport departamenti Rossiya poytaxti ko‘chalariga kvadrat shaklidagi beshta yangi svetoforlarni o‘rnatdi. Yangi texnika noodatiy dizayndan tashqari qator innovatsion funksiyalarga ega, deb xabar beradi Motor.

Signallarning o‘zi oldingidek doira shaklida qolgan bo‘lishiga qaramay, yangi svetoforlar bir qator afzalliklarga ega. Yoritish maydonining ortgani hisobiga maksimal yorqinlik oshgan, shu sababli signallar haydovchi va yo‘lovchilar ko‘ziga yaxshiroq tashlanadi.

Harakatlanishga ruxsat beruvchi va taqiqlovchi signallar maxsus displeyga joylashtirilgan bo‘lib, unga istalgan tasvir yoki ma’lumotni chiqarish mumkin. Masalan, yangi svetoforlar orqali tirbanliklar, yo‘llar ta’mirlanayotgani yoki ob-havoning yomonlashgani to‘g‘risida ma’lumotlarni uzatsa bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi texnika burilishlarda uchinchi seksiyaning o‘rnatilishisiz piyodalar va transportning bir vaqtda harakatlanishiga imkon beradi.

Foto: Facebook / «Probok.net»
Kvadrat svetoforlar kuzatuv kameralari, shuningdek, zararli gazlar darajasini aniqlaydigan datchiklar bilan jihozlangan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnika trafikni tinchlantirish va yo‘llar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Kelajakda innovatsion svetoforlar mamlakatning barcha shaharlariga o‘rnatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida Xorazmda ko‘chma tartibda olib yurishga mo‘ljallangan innovatsion svetofor joriy qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Moskvada innovatsion funksiyalarga ega kvadrat shaklidagi svetoforlar paydo bo‘ldi