
Toshkent vaqti bilan 16 sentabr, ertalab 5:00 da "SpaceX" kompaniyasining "Dragon" kapsulasida to‘rtta fuqaro samoga ko‘tariladi. Ular professional fazogir bo‘lmagan odamlardir.
Avvalroq "Virgin Galactic" va "Blue Origin" xususiy kompaniyalari ham kosmosga odam olib chiqqan edi. Bu parvozlar fazoda bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa davom etgan xolos.
"SpaceX" missiyasi esa uch kun mobaynida yer sayyorasini ko‘plab marotaba aylanib chiqadi va shundan keyin Atlantika okeaniga tushadi. Kapsula Xalqaro fazo markazidan ham balandroqqa uchishi kutilyapti.
Kosmosga chiqayotgan bu odamlar uchun "SpaceX" jami 200 million dollar olgani xabar qilinmoqda.
Parvozni mana bu havola orqali jonli tomosha qilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar