09:10 / 16.04.2022
1 698

iPhone 15 kamerasida yangi datchik paydo bo‘lishi ma’lum qilindi

iPhone 15 kamerasida yangi datchik paydo bo‘lishi ma’lum qilindi
Foto: GizmoChina
Insayderlar oldinroq iPhone 14 Pro yangi datchik bilan taqdim etilishi to‘g‘risida xabar bergandi, aftidan 2022 yilgi lineykada u paydo bo‘lmaydi. Periskopik teleob’ektiv 2023 yilgi iPhone’larga o‘rnatilishi kutilmoqda, deb xabar beradi GizmoChina.

Periskopik kameralardan hozirda boshqa brendlarning smartfonlarida keng foydalanilmoqda. Masalan, Huawei P30 Pro’ga bu kabi modul 2019 yilda o‘rnatilgan. Apple o‘z smartfonlarga periskopni hech qachon qo‘shmagan, biroq kompaniyaning bu boradagi mish-mishlari bir necha yildan beri bor. Endi esa u haqiqatga aylanishni boshladi.

The Elec nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Jahwa Electronics kompaniyasi optik barqarorlashtirgich uzatmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodni qurishga 155 million dollar sarflaydi. Ishlab chiqarish liniyasi Apple buyurtmalari uchun maxsus qurilmoqda va uzatmalardan uzoq fokusli ob’ektivlarda, smartfonlarda esa periskoplarda foydalaniladi.

Periskopik teleob’ektiv smartfon ob’ektivida uzoq masofada fokusni ta’minlaydi. Bunday kameralarga datchikni linza ostiga bevosita joylashtirish o‘rniga prizma va maxsus akslantiruvchi ko‘zgu hamda yorug‘likni sensorga yo‘naltirishdan foydalaniladi. Suratga olish vaqtida datchik tasvirni 5 yoki 10 karra optik yaqinlashtirib, uning sifati yo‘qolmasligini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 15 kamerasida yangi datchik paydo bo‘lishi ma’lum qilindi