07:35 / 26.05.2022
1 144

Kuchuklar bola immunitetini oshiradi - olimlar xulosasi

Kuchuklar bola immunitetini oshiradi - olimlar xulosasi
Kuchuklar bolalarni oshqozon va jigar kasalliklariga chalinishdan himoya qilish mumkin. Kanadalik olimlar keng miqyosdagi tadqiqotdan so‘ng shunday xulosaga kelishgan.

Kron kasalligi - oshqozon-ichak traktining yallig‘lanishi bo‘lib, u tizimning barcha qismlarini, og‘iz bo‘shlig‘idan to to‘g‘ri ichakkacha ta’sir qilishi mumkin. Alomatlari- surunkali diareya, qorin og‘rig‘i, vazn yo‘qotish, charchash, ishtahani yo‘qotish, isitma.

Tibbiyotda gigiyenik gipoteza bo‘lib, unga ko‘ra steril sharoitlardan yiroq bo‘lgan hayot bolaning immunitet tizimini rivojlanishiga yordam beradi. Kam rivojlangan mamlakatlardagi odamlarning autoimmun kasalliklariga kamroq chalinadi.

Garchi ushbu faraz bahsli bo‘lsada, so‘nggi kunlarda ichaklar mikrobiomining chindan ham immunitetga ta’sir qilishiga ko‘plab dalillar paydo bo‘lmoqda. Toronto universitetining olimi, tadqiqot muallifi Uilyams Terpinning aytishicha, yangi o‘tkazilgan tadqiqot dastlabkilarini to‘ldiradi.

Olimlar Kron kasalligiga chalingan odamlarning yaqin qarindoshlarining 4300 tadan ortiq anketalarini ko‘rib chiqqan. Doktor Terpinni bemorlar katta bo‘lgan uydagi sharoit, turmush tarzi qiziqtirgan: masalan, oilaning katta yo kichikligi, uyda kuchuk yoki mushuklarning borligi, ichimlik suvining sifati va yana boshqa bir qancha omillar.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, muntazam ravishda kuchuk parvarishlagan odamlar sog‘lom ichak o‘tkazuvchanligiga ega va oshqozon-ichak traktidagi mikroblar va tana immunitet reaksiyasi o‘rtasidagi muvozanat bo‘lgan. Ayniqsa, kuchuklar 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga foydali ta’sir ko‘rsatgan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, tadqiqotga ko‘ra, uyda mushuk borligi bola salomatligiga hech qanday foyda keltirmagan. Sababi esa aniq emas.

Ehtimol, it egalari o‘z uy hayvonlari bilan tashqariga chiqishlari yoki ko‘plab yashil o‘simliklar bo‘lgan joylarda yashashlari mumkin bunga ta’sir qilishi va Kron kasalligidan himoya qilishi mumkin”, - deya ma’lumot keltiriladi Amerika Gastroenterologiya Assotsiatsiyasining press-relizida.

Olimlarning aniqlashicha, ichak mikrobiomasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yana bir omil - bir yoshga to‘lgunga qadar katta oilada yashash. Biroq, itlar va katta oilalar qanday qilib Kron kasalligidan himoyalanishining aniq sabablari noma’lumligicha qolgan.
Kron kasalligi ko‘pincha Shimoliy Yevropa mamlakatlari va AQSH aholisida uchraydi. Uning tarqalishi 100 000 aholiga 40 dan 150 kishigacha to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kuchuklar bola immunitetini oshiradi - olimlar xulosasi