Kivi iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

2 daqiqa o'qish3K
Kivi iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: Pinterest
Kivi eng sevimli va foydali qishki mevalardan biri hisoblanadi. Uning mavsumi noyabrdan aprelgacha. Ushbu mevalarning momiq po‘stlog‘i ostida C vitaminiga boy suvli yashil qism yashiringan. Pishgan meva biroz yumshoq, pishmaganlari esa qattiq bo‘ladi, deb yozadi Elle.

Ekspert, oshpaz, «ZOJigay» onlayn sog‘lom ovqatlanish akademiyasining asoschisi, qarishga qarshi oshxona bo‘yicha mahorat darslari muallifi Sergey Leonov ekzotik mevaning afzalliklari haqida ko‘proq ma’lumot berib o‘tdi.

Kivi Yangi Zelandiyaning kivi qushi sharafiga nomlangan, ammo mevaning vatani Xitoy hisoblanadi. Shuning uchun u xitoy krijovnigi deb ham ataladi. Qadimgi Xitoy tibbiyoti shifokorlari kivi mevasini foydaliligi bo‘yicha birinchi o‘ringa qo‘ygan va uni vitamin, mineral va antioksidantlar bo‘yicha mevalar orasida chempion deb atagan.
Kivi iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: Pinterest
100 gramm kivida asab tizimini mustahkamlovchi 20 mg magniy mavjud. Agar har kuni shirinlik o‘rniga kivi iste’mol qilinsa, xotirjamlikni his qilish mumkin va kechasi tinchlantiruvchi vositalardan foydalanish shart emas. Mutaxassisning ta’kidlashicha, zamonaviy kurort markazlarida kivili smuzilar menyuda bo‘lishi kerak, shuningdek, magniyli mineral vanna protsedurasi ham. Chunki immunitet tizimini ichki va tashqi tomondan ham mustahkamlash lozim.
Kivi iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: Pinterest
Albatta, kivi juda ko‘p fruktozani o‘z ichiga oladi, bu organizmga energiya beradi. Agar ertalab uyg‘onish qiyin bo‘lsa, nonushta qilishdan oldin kivi mevasini iste’mol qilish kerak: fruktoza shakar espresso kabi ish beradi. Bosh bir zumda ishlay boshlaydi, ofisga yoki o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish qiyin bo‘lmaydi. Biroq tushlikkacha ochlikni his qilmaslik uchun nonushtada murakkab uglevodlarni iste’mol qilishni unutmaslik lozim. Faqat kivining o‘zini iste’mol qilish mumkin emas.

Kivi tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud. Ratsionga ushbu mevani qo‘shish orqali teri holatini yaxshilash mumkin. Aynan C vitamini teriga yorqinlik beradi, shuningdek, kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
Kivi iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: Pinterest
Eng muhimi, kivi oqsil parchalanishining mahsuloti bo‘lgan zararli azotli moddalarni organizmdan chiqarib tashlashga qodir. Agar ko‘p miqdorda o‘simlik va hayvon oqsili iste’mol qilinsa, tekshiruvdan o‘tish va qon zardobidagi karbamid va kreatin tarkibini aniqlash lozim. Ular saraton rivojlanish xavfini keltirib chiqaradigan komponentlardir. Kivining azotli toksinlarni organizmdan chiqarib tashlash qobiliyatini haqiqiy xitoy mo‘’jizasi deb hisoblash mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?