Foto: «Noviy ochag»
D vitaminining kunlik miqdorini olish uchun quyoshda atigi 15 daqiqa yurish kifoya — yozda bu vitamin haqda o‘ylashga hojat qolmaydi. Ammo yilning qolgan qismida quyosh juda qisqa vaqt nur sochishi mumkin. Shuning uchun ba’zida D vitaminining yetishmasligi sog‘liq uchun xavf tug‘dirad. «Noviy ochag» nashri ushbu muammoni bartaraf etish uchun bir nechta tavsiyalar berib o‘tdi.
Har kuni organizm uchun kamida 400 birlik D vitamini kerak bo‘ladi. Quyoshli mavsumda hech qanday muammo bo‘lmaydi: chorak soat ichida kerakli miqdorni olishi mumkin.
D vitamini tanqisligini qanday aniqlash mumkin?
Eng ishonchli usul, albatta, qon tahlilini o‘tkazish va uning natijalarini shifokor bilan maslahatlashishdir. Agar natijalarga ko‘ra, vitamin tanqisligi aniqlansa, u holda mutaxassis ko‘rsatmasiga ko‘ra, vitamin buyuriladi.
Vazn ortishi
D vitamini metabolizmimizni normallashtirish uchun ham javobgardir. U metabolizm uchun zarur bo‘lgan azot oksidi ishlab chiqarishga yordam beradi va uning tanqisligi mavjud bo‘lsa, organizm kaloriyalarni energiyaga sekin aylantiradi va buning o‘rniga ularni yog‘ sifatida saqlaydi.
Suyak va bo‘g‘imlarda og‘riq
D vitamini yetishmasligining namoyon bo‘lishi shifokorlar tomonidan artrit yoki fibromialgiya (surunkali mushak og‘rig‘i) rivojlanishi belgilari bilan yanglishgan holatlar mavjud. D vitamini suyak, mushak va bo‘g‘imlar uchun zarur bo‘lib, organizm uni to‘liq qabul qilmasa, og‘riq paydo bo‘ladi.
Tez-tez shamollash
Immunitet tizimini mustahkamlash D vitaminining yana bir muhim vazifasidir. Uning tanqisligi tufayli kasal bo‘lish osonlashadi va tuzalish vaqti uzayadi. Agar shamollash muntazam kuzatilsa, kuniga kamida 15 daqiqa quyoshda bo‘lishga harakat qilish va D vitaminiga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
Uyqu sifatining yomonlashishi
Kechasi yaxshiroq uxlash uchun kun davomida quyoshda ko‘proq vaqt o‘tkazish kerak. Gap shundaki, quyosh nurining yetishmasligi organizmning tabiiy sirkadik ritmlarini buzishi va jiddiy uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Uyqu yetishmasligi xavfli bo‘lib, ba’zida juda ko‘p jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tushkunlikka tushish
Amerika geriatrik psixiatriya jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, D vitamini darajasi past bo‘lgan odamlar boshqalarga qaraganda 10 baravar ko‘proq tushkunlikka tushadi. Gap shundaki, yaxshi kayfiyat uchun mas’ul bo‘lgan serotonin quyosh nuri ta’sirida faolroq ishlab chiqariladi. Agar quyosh nuri yetarli bo‘lmasa, unda serotonin darajasi past bo‘ladi va inson o‘zini ko‘proq tushkun holatda ko‘radi.
Terlashning kuchayishi
D vitamini yetishmovchiligining klassik belgilaridan biri ortiqcha va asossiz terlashdir. Jismoniy harakatsizlik va me’yordagi haroratga qaramay, badan doimo nam bo‘lsa, qondagi D vitamini darajasini tekshirib, uni to‘ldirish chorasini ko‘rish lozim.
Qanday mahsulotlar D vitaminiga boy?
Qo‘ziqorinlar
Bor-yo‘g‘i 100 gramm qo‘ziqorin D vitaminining kundalik ehtiyojni qondirish uchun yetarli. Shuning uchun ularni salat va taomlarga qo‘shish tavsiya etiladi.
Tuxum
Tuxumlar yordamida D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirib bo‘lmaydi, chunki bir dona tuxum kunlik ehtiyojning atigi 4 foizini o‘z ichiga oladi, ammo ularni qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish kerak. Tuxumni o‘z ichiga olgan nonushta eng sog‘lom ertalabki taomlardan biridir.
Pishloq
100 gramm pishloq D vitamini uchun kunlik ehtiyojning 3 foizini qoplaydi. Pishloqni muntazam iste’mol qilish ham insult xavfini kamaytirishga yordam beradi va qon tomirlari hamda yurak salomatligini yaxshilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?