Foto: Grazia
Yilning istalgan vaqtida tomoq og‘rig‘i kuzatiladi. Virusli infeksiya bilan tomoqdagi noqulaylikka qarshi qanday kurashish mumkin? Quyida bunga yordam beradigan bir nechta foydali layfxaklar bilan tanishib chiqing.
Tomoqni chayish
Qimmatbaho kukunlar yoki moychechak kabi dorivor giyohlarga pul sarflashning keragi yo‘q. Yarim choy qoshiq tuz bir stakan suvda eritilib, tomoqni har ikki soatda chayqash kerak. Lekin sirka qo‘shib bo‘lmaydi, u tish emalini zararlaydi.
Sovuq ichimliklar
Ko‘pchilikning maslahatlaridan farqli o‘laroq, sovuq ichimlik tomoq og‘rig‘i va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.
Muz
Agar sovuq ichimlik ichish yoqmasa yoki qo‘rquv bo‘lsa, suyuqlikni muz bo‘lagi bilan almashtirish mumkin.
Havoni namlash
Quruq havo sog‘ayishga yordam bermaydi. Tez-tez havo namlantirgichdan foydalanish yoki iliq dush qabul qilish kerak.
Zararli narsalardan saqlanish
Gazlangan ichimliklar, sovuq ovqatlar, sitrus mevalar tomoqqa zararli.
Giyohli choy ichish
Bu og‘riqni kamaytirishga va immunitetni yaxshilashga yordam beradi.
Asalni iste’mol qilish
Asalning o‘zini iste’mol qilish yoki choyga qo‘shib ichish tavsiya etiladi. Uning antibakterial ta’siri mavjud.
Kamroq gapirish
Shunda tomoq og‘rig‘i tezroq o‘tib ketadi. Aks holda, bir necha kun davomida ovozda xirillash kuzatiladi.
Tish cho‘tkani almashtirish
Bakteriyalar unda ham ko‘payadi. Ikkilamchi infeksiyaning oldini olish uchun uni kasallikning boshida va sog‘ayishdan keyin o‘zgartirish kerak.
Shifokorga murojaat qilish
Yuqori isitma, tomoqning qattiq og‘rishi terapevt bilan bog‘lanish va keyin nima qilishni hal qilish uchun jiddiy sababdir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?