Foto: Imhub
Qon bosimi deganda qon oqimining arteriyalardagi ichki devorlarga ta’sir qiladigan kuchi tushuniladi. Ko‘rsatkich kun davomida bir oz o‘zgarib turishi mumkin. Tinch holatda qon bosimi normal yoki pasaygan bo‘ladi, jahl chiqqanda yoki stress paytida esa ko‘tariladi.
Yurak-qon tomir muammosi har kuni mingdan ortiq insonni hayotdan olib ketadi. Baland qon bosimi bejizga tibbiyotda “tilsiz qotil” nomini olmagan. Ushbu patologiya shifokor ko‘rigi va jiddiy davolanishni talab etadi. Ammo shunday favqulodda vaziyatlar bo‘ladiki, oldimizda dori vositasi topilmasligi mumkin, ana shunda xalq tabobatidan foydalaniladi.
Avvalo, qon bosimining normal ko‘rsatkichlarini raqamlarda ko‘rib chiqamiz:
- Normal qon bosimi: 120/80.
- Yuqori qon bosimi yoki arterial gipertenziya: 120 dan 129 gacha va 80 dan past.
- Gipertoniya 1-bosqichi: 130 dan 139 gacha va 80 dan 89 gacha.
- Gipertoniya 2-bosqichi: 140 va 90 dan yuqori.
- Gipertonik inqiroz: 180 dan yuqori va 120 dan yuqori.
Gipertoniya (yuqori qon bosim kasalligi) har doim ham yaqqol alomatlar bilan kechavermaydi. U yurak-qon tomir, insult bilan bog‘liq buzilishlar xavfini oshiradi. Yuqori qon bosimi arteriolalar deb ataladigan juda kichik qon tomirlarining torayishi tufayli yuzaga keladi. U quyidagi kasalliklarga olib kelishi mumkin:
- yurak xuruji;
- insult;
- yurak yetishmovchiligi;
- ko‘rish qobiliyatining zaiflashishi;
- buyrak yetishmovchiligi;
- aqli zaiflik;
- jinsiy zaiflik;
- suyaklar mo‘rtlashuvi.
Foto: Imhub
Dori-darmonsiz qon bosimini pasaytirish yo‘llari
Chuqur nafas oling va o‘zingizga qulay holatda yoting. Oyoq va qo‘llarni erkin qo‘ying. Stress va tashvish qon bosimingizni ko‘tarishi mumkin, shuning uchun ozgina tinchlanish uni pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, yurak urishini sekinlashtiradigan va dam olishga yordam beradigan nafas olish mashqlarini bajarish mumkin.
Bir oz suv iching. Organizm suvsizlanishi yuqori qon bosimiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bir piyola suv o‘zingizni yengilroq his etishga yordam beradi. Toza havo oqimini ta’minlash ham muhim.
Ozgina qora shokolad iste’mol qiling. Uning tarkibida flavonoidlar mavjud qon bosimini pasaytiradi.
Salqin dush qabul qiling. Sovuq suv qon tomirlarini toraytiradi.
Yuqoridagi tavsiyalar faqat vaqtinchalik samara beradigan usullardir. Qon bosimi bilan bog‘liq muammolar jiddiy kasallik hisoblanadi va shifokor ko‘rigi hamda dorilar bilan davolanishni talab etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi