Temir organizmning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim mikroelementlardan biridir. Temir tanqisligi anemiyasi rivojlanishining oldini olish uchun temir moddasiga boy quyidagi submahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Jigar
Foto: Freepik
Jigar temir moddasi va B12 vitaminiga boy submahsulot bo‘lib, anemiyaning oldini olish va davolashda keng qo‘llaniladi.
Mol go‘shti jigari foydali yog‘ kislotalari, jumladan, omega-3 va omega-6 manbayi hisoblanadi. Ular qonda xolesterin darajasini normallashtirishga, yurak va qon-tomir tizimini mustahkamlashga, ateroskleroz va miokard infarkti rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, jigar sink, mis, selen kabi qimmatli mikroelementlarning manbayidir.
Jigardan tayyorlangan taomning ta’mi taxir bo‘lmasligi uchun uni pishirishdan avval suv yoki sutga ivitib qo‘yish va ustki qatlamini to‘liq olib tashlash lozim.
Til
Foto: Getty Images
Mol va buzoq tili foydali ozuqaviy qiymatga boy va parhezbop submahsulot sanaladi. Uning tarkibida oqsil ko‘p, yog‘lar esa kamdir. Mol tilida temir moddasi va B guruhi vitaminlari bor.
Tilni pishirishdan avval uning ustki qatlamini yaxshilab tozalash va 1 soatga suvga ivitib qo‘yish lozim. Til kamida 2 soat davomida qaynatiladi hamda turli garnirlar yoki salatlar bilan iste’mol qilinadi.
Mol yuragi
Foto: Adobe stock
Mol yuragida uning go‘shtiga nisbatan 6 barobar ko‘p miqdorda B vitamini va 1,5 barobar ko‘p temir moddasi mavjud. Mazkur submahsulotni pishirishdan avval 2-3 soat sovuq suvda ivitish, so‘ng kamida 1,5 soat davomida qaynatish lozim. Har 30 daqiqada suvni almashtirib turishni unutmang.
Tovuq yuragi
Foto: Dzen
Tovuq yuragi ham vitaminlarga boy: unda A, PP va B guruhi vitaminlari, fosfor, kaliy, magniy, temir, sink, mis bor. Boshqa submahsulotlarga qaraganda tovuq yuragi mazaliroq ta’mga ega. Pishirishdan avval uni yaxshilab yuvish, yurak ichidan qon quyqalarini olib tashlash va ustki qismidagi yog‘ni kesib olish zarur.
Mol buyragi
Foto: Diabetis
Sink, B guruhi vitaminlari, magniy, fosfor kabilar mol buyragida bisyor. Uni ham 2-3 soat sovuq suvda qoldirish, 2 marotaba qaynatish va suvini to‘kib tashlab yana 1 soat davomida pishirish lozim. Mol buyragining o‘tkir hidi bo‘lganligi tufayli uni boshqa submahsulotlar bilan qo‘shish tavsiya etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”