Shakarob dunyoning 42-eng yomon taomi deb topildi

1 daqiqa o'qish7.7K
Shakarob dunyoning 42-eng yomon taomi deb topildi
TasteAtlas gastronomik entsiklopediyasi dunyoning eng yomon 100 ta taomi reytingi e'lon qildi. Ushbu roʻyxatda Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda mashhur boʻlgan Shakarob (achchiq-chuchuk) salati 42-oʻrinni egalladi.

TasteAtlas saytida Shakarob haqida quyidagicha izoh berilgan:
“Shakarob – oddiy salat boʻlib, Oʻrta Osiyodan kelib chiqqan. Ayniqsa, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda mashhur. Unga pomidor, piyoz, tuz, maydalangan qizil va qora qalampir kiradi. Pomidor va piyoz yupqa qilib toʻgʻraladi, soʻngra ziravorlar qoʻshiladi va iste'mol qilishga tayyor boʻladi. Bu salat alohida portsiyalarda yoki goʻsht bilan guruchga garnir sifatida dasturxonga tortilishi mumkin.”

Eng yomon taomlar reytingida birinchi oʻrinni Shvetsiyaning qonli blinchiklari – «Blodplettar» egallagan. Ikkinchi oʻrinda Finlyandiyaning «Blodpalt» taomi (javdar uni va hayvonlarning qoni yordamida tayyorlanadi), uchinchi oʻrinda esa Shvetsiyaning gamburger va kartoshka bilan toʻldirilgan «Kalskrov» pistsasi qayd etilgan.

TasteAtlas butun dunyo boʻylab taomlar va mahsulotlar haqida ma'lumot toʻplaydigan gastronomik entsiklopediyadir. U foydalanuvchilar ovozi, mutaxassislarning sharhlari, mashhurlik, pazandachilik merosi kabi mezonlarni hisobga oladi. Reyting muntazam yangilanib boradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?