date

Stress belgilariga qarshi kurashuvchi foydali ovqatlar

Stress belgilariga qarshi kurashuvchi foydali ovqatlar

Ro‘yxatdan o‘tgan nutritsiolog va dietolog Nikolette Peys stressning eng ko‘p uchraydigan alomatlari — ajinlar, shishish va “miya tumanligi”ni kamaytirishga yordam beruvchi ovqatlar haqida gapirdi, deb yozadi Peopletalk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etadigan stress nafaqat charchoq va uyqu muammolarini keltirib chiqaradi, balki qarish jarayonini ham tezlashtiradi. Bu holat hujayralarga zarar yetkazib, tanadagi ta’mirlash jarayonlarini susaytiradi.

Mutaxassis mol go‘shti, tuxum va tovuq kabi oqsil manbalarini C vitaminiga boy mevalar bilan iste’mol qilishni maslahat beradi. Bunday uyg‘unlik teri, suyak va paylarni mustahkamlovchi kollagen ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, u shishishni kamaytirishga yordam beradigan ovqatlarni tavsiya qiladi: zanjabil (zingibain), papayya (papain) va ananas (bromelin). Bu tabiiy fermentlar oqsillarni parchalaydi, hazmni yengillashtiradi va ozuqa moddalarining so‘rilishini yaxshilaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Stress belgilariga qarshi kurashuvchi foydali ovqatlar