Ozishga harakat qilganlar yoki urinayotganlar moddalar almashinuvi nimaligini bilishadi. Bunday insonlarga moddalar almashinuvi buzilganda, yaxshi natijalarga erishish qiyinligi ham ma’lum. Bu faoliyatni tiklashning yo‘li esa bitta — turmush tarzini va taomnomani qayta ko‘rib chiqib, tartibga solish. Demak, moddalar almashinuvini tezlashtirib, tanani ortiqcha “yuk”dan xalos qilishga yordam beruvchi mahsulotlar bilan tanishamiz.
Greypfrut
Greypfrut moddalar almashinuviga juda tez va keskin turtki beradi. To‘g‘ri, meva bir oz nordon, ammo unga ozgina shakar qo‘shishingiz yoki po‘stidan butkul tozalab tashlashingiz mumkin.
Asal
Tabiiy antiseptik va eng foydali mahsulot bo‘lgan asal qondagi qand miqdorini me’yoriga ketiradi. Natijada hech qanday nonormal holatlar tanadagi moddalar almashinuvini buza olmaydi.
Suv
Ko‘pchilik parhezshunoslarning fikricha, moddalar almashinuvini tezlashtirish va ishtahani susaytirish uchun har gal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin 30 ml suv ichish kifoya. Kun davomida yetarli miqdorda suv ichish ham muhim, albatta.
Boshoqlilar
Nonni hamma yaxshi ko‘radi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Ammo to‘g‘ri tanlangan non ozishga yordam beradi. Buning uchun oq non bilan kepakli nonning farqiga borish kerak. Bug‘doy kepagi — parhezdagilar uchun eng yaxshi va foydali kashfiyotlardan biri.
Sirka
Sirka va o‘simlik moyi qo‘shilgan salatlarni yaxshi ko‘ring. Gap shundaki, sirka qand miqdorini kamaytirib, insulin gormoni miqdorini me’yoriga keltiradi. Biroq tabiiy sirka sotib oling yoki o‘zingiz tayyorlang. Chunki sintetik mahsulotlardan foyda bo‘lmaydi.
Ko‘k choy
Bu choyni ichsangiz, organizmingiz antioksidantlarga boyib, hujayralaringiz kamroq yog‘ni singdiradi.
Ziravorlar
Moddalar almashinuvini tezlashtirishning ajoyib formulasini eslab qoling: kayen qalampiri, qora murch, zanjabil va zarcho‘va. Ular yoqimli hid va ta’mga ega bo‘libgina qolmay, kaloriyalarni sarf qilib, qand moddasining qonga so‘rilishini sekinlashtiradi.
Issiq suv
Amerikalik parhezshunos Jon Dulard kun davomida shunchaki suv emas, balki issiq suv ichishni tavsiya etadi. Bu ichagingizni butkul tozalab, suvsizlangan tanani suv bilan to‘yintiradi. Hech bo‘lmasa, bir kun davomida shunday qilishga urinib ko‘ring, ana shunda farqini sezasiz.
Tolalar ko‘proq bo‘lsin
Ko‘proq bo‘tqa yeyishga harakat qiling. Yormalarda barcha zarur mikroelementlar mavjud. Demak, bu taomnomangizni to‘laqonli mahsulotlar bilan boyitadi. Oziq tolalar esa moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Lavlagi
Lavlagi — o‘t pufak va jigarni tuzatishga qodir ajoyib sabzavot. Lavlagi asosida tayyorlangan salatlar ozishga va qonni ko‘paytirishga yordam beradigan taomlar sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»