Buyuk Britaniyadagi saraton kasalligini tadqiq etish markazi olimlari onkologik kasalliklarning paydo bo‘lishining bosh sabablarini aniqlashdi va kasallanganlar sonini kamaytirish usullari haqida gapirib berishdi, deb yozadi Kun.uz.
Eurekalert saytida e’lon qilingan relizga ko‘ra, birgina Britaniyaning o‘zida yiliga 135,5 ming holatda saraton kasalligining oldi olinishi mumkin ekan — bu umumiy kasallar sonining uchdan bir qismiga teng demakdir.
Saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan omillardan biri tamaki tutunidir. Erkaklarda saraton bilan og‘rishning 17,7 foizi, ayollarda esa 12,4 foiziga aynan shu omil sabab bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda ortiqcha vazn, uchinchi o‘rinda esa quyoshda toblanishda ultrabinafsha nurlanishning haddan ziyod ta’siri turadi.
Onkologik kasalliklar paydo bo‘lishining boshqa sabablari orasida alkogolli mahsulotlarni suiiste’mol qilish, havoning ifloslanishi va biriktiruvchi to‘qimalarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish turadi.
Olimlarning qayd etishlaricha, agar sog‘lom turmush tarziga amal qilinsa, bu holatlarning barchasidan yiroq yurish mumkin.
“Sog‘lom turmush tarzi siz saratonga chalinmasligingizni kafolatlamaydi, lekin imkoniyat sizning foydangiz tomon ortishi shubhasiz. Bu raqamlarning barchasi kasallikka chalinish tahdidini kamaytirish uchun har birimiz chora qo‘llashimiz mumkinligini ko‘rsatadi”, — deydi markaz rahbari Harpal Kumar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi