09:50 / 15.11.2024
6

Tadqiqot: bir yilda avtokreditlarga bo‘lgan talab 2,4 barobarga kamaygan

Tadqiqot: bir yilda avtokreditlarga bo‘lgan talab 2,4 barobarga kamaygan
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, 2024 yilning 3-choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsa-da, 2023 yilgi darajasida emas. Xususan, joriy yilning iyul-sentyabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, 2-chorakka nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 19,9 foizga kam.

Shuningdek, joriy yilning dastlabki 9 oyida banklar tomonidan aholiga jami 12,8 trln so‘m miqdorida avtokreditlar ajratilgan bo‘lib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobarga kamaygan. Birgina 3-chorakda ajratilgan avtokreditlar 2-chorakka nisbatan 16,9 foizga va 2023 yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga kamaygan.

Ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati so‘nggi 3 yildagi o‘rtacha darajada saqlanib qolsa, yil oxiriga qadar har oyda o‘rtacha 115-118 mingta avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 4-choragida har oyda o‘rtacha 154,8 mingta avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tadqiqot: bir yilda avtokreditlarga bo‘lgan talab 2,4 barobarga kamaygan