08:40 / 01.04.2025
149

BYD’ning dronli va muzlatkichli yangi avtomobili taqdim etildi

BYD’ning dronli va muzlatkichli yangi avtomobili taqdim etildi
BYD o‘zining Fangchengbao brendi ostidagi birinchi “maishiy hardkor” hybrid yo‘l tanlamasi — Titanium 3 modelini oldindan buyurtmaga chiqardi, deb speedme.ru xabar berdi. Mashina aprel oyida savdoga chiqariladi, boshlang‘ich narxi 139,8 ming yuan (taxminan 212 million so‘m).

Yangi model Super 3 konsepti asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, besh xil versiyada taklif qilinmoqda va 501 km masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega. Offroad dizayn amaliy qulayliklar bilan uyg‘unlashgan: 19 dyuymli g‘ildiraklar, old bagaj (151 l), yon tomondan ochiladigan orqa eshik va 28 litrlik qo‘shimcha quti mavjud.

Eng yuqori komplektatsiyada dron, oshirilgan yo‘l balandligi va drift rejimi mavjud. Avtomobil ikkita motor bilan jihozlangan: oldingi — 110 kVt, orqadagi — 200 kVt. 0 dan 100 km/soatgacha tezlikka 4,9 soniyada chiqadi.

Salonda esa suzuvchi ekran, to‘liq g‘ildirakli haydov tizimi, “Xudo ko‘zi” funksiyasi, muzlatkich, mikrofon va oq-qora ichki bezak mavjud. BYD Titanium 3 — Xitoy bozoridagi 2025-yilning eng texnologik hybrid SUV’laridan biridir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto