
Yanosh Kovach UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori etib tayinlandi, deb gazeta.uz xabar berdi.
Vengriyada tug‘ilgan Kovach Budapesht texnika universitetida avtomobilsozlik texnologiyalari bo‘yicha tahsil olgan. U avtomobil sanoatining taniqli top-menejerlaridan biri bo‘lib, General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive hamda VinFast Automotive kabi kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Faoliyati davomida u sifat menejmenti, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va zavod boshqaruvi bo‘yicha yetakchi mutaxassis sifatida tanilgan. 2021 yildan beri UzAuto Motors kuzatuv kengashi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.
Kovach ushbu lavozimda Bu Anderssonni almashtirdi. Andersson 3 yil davomida UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalarini boshqargan, 2024 yil dekabrda iste’foga chiqqan. Uning davrida ishlab chiqarish hajmi 2023 yilda 395 400 donaga yetgan — bu 2022 yilga nisbatan 20% ko‘p. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar