
Chevrolet Malibu — o‘rta toifali, qulay va zamonaviy sedan bo‘lib, benzin bilan harakatlanadi. U shinam salon, zamonaviy dizayn va ishonchli texnika bilan ajralib turadi. Oxirgi modellarida xavfsizlik tizimlari va avtomatik parkovka funksiyasi mavjud. Narxi 395 million so‘mdan boshlanadi. 2025 yil yanvar-may oylarida ushbu modeldan 328 dona sotilgan.


Ammo elektromobillar bozori tobora faollashmoqda. Aynan Malibu narxiga teng bo‘lgan qulay elektr mashinalar ham mavjud. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumot:
1. BYD Song Plus EV Champion


To‘liq elektr krossover bo‘lib, 87 kVt·soatli LFP “Blade” batareyaga ega. Bir zaryad bilan 605 km yo‘l bosadi. 160 kVt motor (~218 ot kuchi), 330 N·m moment, faqat old g‘ildirakdan tortadi. 0–100 km/soatga 8,3–9,6 soniyada chiqadi. Tez zaryad 30 daqiqa, odatiy zaryad 7–10 soat. Saloni katta, 15,6 dyuymli aylanuvchi ekran, L2 avtopilot va 360° kamera bilan jihozlangan.
Narxi: 395 mln so‘m. Sotuv: 320 dona.
2. Volkswagen ID.4 Crozz


Nufuzli elektr krossover. 84,8 kVt·soat NMC batareyasi bor, 600 km masofa yuradi. 150 kVt motor (~204 hp), 310 N·m moment. Orqa g‘ildirakdan tortadi. 0–100 km/soatga 6,8–8,8 soniyada tezlanadi. HUD, IQ.Drive avtopilot, 12 dyuymli ekran, havo tozalovchi tizimlar bilan jihozlangan.
Narxi: 305 mln so‘m.
3. GAC Aion S580


Zamonaviy sedan ko‘rinishidagi elektromobil. 58,8 kVt·soatli batareya bilan 460–480 km yuradi. 100 kVt motor (136 hp), 225 N·m moment. 0–100 km/soatga 9,2 soniyada chiqadi. 360° kamera, ADAS tizimi, 12 dyuymli ekran va keng yukxona mavjud.
Narxi: 280 mln so‘m.
Agar Chevrolet Malibu narxida avtomobil olishni mo‘ljallayotgan bo‘lsangiz, yuqoridagi elektromobillar zamonaviy, ekologik va texnologik jihatdan jozibador muqobil bo‘la oladi. Ular nafaqat xarid narxi, balki xarajat va qulaylik jihatidan ham raqobatbardosh. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar