Farg‘ona viloyatida 24 yoshli yigit uyning 15 qavatidan o‘zini tashlab vafot etdi

Farg‘ona viloyatida 24 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan tushib ketishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Holat yuzasidan tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2002 yilda tug‘ilgan yigit vafot etganidan so‘ng hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Shuningdek, ishga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan.
Dastlabki tibbiy ma’lumotnomada o‘lim sababi sifatida jigar yorilishi qayd etilgan. O‘limning aniq sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Qayd etilishicha, marhum avval shizofreniya tashxisi bilan Farg‘ona viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik markazida bir necha marta davolangan.
Hozircha hodisaning barcha tafsilotlari va yigitning 15-qavatdan tushib ketishiga olib kelgan holatlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…